K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Qurilish  tashkilotlarining



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə82/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

Qurilish 
tashkilotlarining 
asosiy 
faoliyatdan 
olingan 
boshqa 
daromadlariga ularning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, materiallarini
sotishdan foyda, o‘ndirilgan jarimalar, voz kechilgan kreditorlik qarzlari, qisqa
muddatli ijaradan daromadlar, beg‘araz qaytarilmaydigan moliyaviy yordam,


xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari, inventarizatsiyada aniqlangan


ortiqchalar, o‘tgan yillarning foydasi kabilar kiradi.
21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlari asosiy faoliyatidan olingan
qo‘shimcha daromadlar 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni
hisobga oluvchi schyotlar» tizimida ochiladigan alohida schyotlarda hisobga
olinadi. Chunonchi:


9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotining kreditida
o‘z asosiy vositalarini sotishdan va boshqa chiqimlaridan olingan foyda summasi
aks ettiriladi. Bunda 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti
debetlanadi.


9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotining
kreditida materiallar, xo‘jalik inventarlari va nomoddiy aktivlarni sotishdan hamda
boshqa chiqimlaridan olingan foyda summasi aks ettiriladi. Bunda 9220 «Boshqa
aktivlarning chiqib ketishi» schyoti debetlanadi.


9330 «Undirilgan jarimalar, penya va ustamalar» schyotining kreditida
turli xo‘jalik shartnomalari shartlarining buzilishi natijasida, shuningdek
ko‘rsatilgan zararlarning qoplanishi evaziga olingan daromad (foyda) summasi aks
ettiriladi. Bunda mos ravishda jarimani kelib tushganligi, ushlanganligi yoki
hisoblanganligini aks ettiruvchi schyotlar, masalan 5010 «Kassadagi milliy
valyutadagi pul mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob schyoti», 6710 «Mehnat haqi
bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar», 4860 «Da’volar bo‘yicha olinadigan
schyotlar» debetlanadi.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin