K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


 «Foiz ko‘rinishidagi harajatlar» -



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə85/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

9610 «Foiz ko‘rinishidagi harajatlar» - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit)
schyotning debetida va 6920 .Hisoblangan foizlar» schyotining kreditida yil
maboynida olingan qarzlar va kreditlarga doir hisoblangan harajatlar aks ettiriladi.


9620 «Valyutalar kurslari farqidan zararlar» - ushbu aktiv, vaqtinchalik
(tranzit) schyotning debetida yil maboynida balansning valyuta moddalarini
ifodalovchi schyotlarga doir operatsiyalar bo‘yicha kurslar o‘rtasidagi salbiy
farqdan ko‘rilgan zararlar aks ettiriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu
schyotning debetida va bu zararlarni ifodalovchi schyotlarning (4010, 4310, 5020,
5210, 5220, 6010, 6310 va boshqa schyotlar) kreditida aks ettiriladi.


9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha harajatlar” 
- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida qurilish


tashkiloti tomonidan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish


bilan bog‘liq harajatlar aks ettiriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning
debetida va boshqa schyotlarning (masalan, 1000, 5110, 5010, 6710, 6520, 6990)
kreditida aks ettiriladi.


9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar”- ushbu aktiv,
vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida qurilish tashkilotining
moliyaviy faoliyatga doir boshqa harajatlari, masalan moliyaviy investitsiyalarni
qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar va boshqa harajatlar aks ettiriladi
Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va boshqa schyotlarning
(0600, 5800, 6990) kreditida aks ettiriladi.
4.SOLIQQACHA FOYDA (Fst) YOKI ZARAR (Zst). Bu ko‘rsatkich
quyidagicha topiladi:
Fst (Zst) = Fux (Zux) + Ff –Fz 
Bu yerda: Fd –favqulotdagi foyda; Fz – favqulotdagi zararlar.
21-son
BHMSga
muvofiq
qurilish
tashkilotlarida
favqulotdagi
daromadlarning hisobi 9710 “Favqulotdagi foyda” schyotining kreditida,
favqulotdagi zararlarning hisobi 9720 “Favqulotdagi zararlar” schyotining debetida
hisobga olinadi. Favqulotda olingan yoki hisoblangan foydaning turlarini
ko‘rsatuvchi schyotlar, masalan 0100, 0400, 0700, 1000, 2800, 2900 va boshqa
schyotlar debetlanadi. Favqulotdagi hodisalardan ko‘rilgan zararlarning aniq
moddalarini ko‘rsatuvchi schyotlar, masalan, 0100, 0400, 0700, 1000, 2900 va
boshqa schyotlar kreditlanadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin