1.Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarning tasnifi,
tavsifi va baholanishi
Qurilish ishlarini turli mehnat qurollari hamda vositalarisiz amalga oshirib
bo‘lmaydi. Chunonchi, yer osti va ustidagi, turli chuqurlik va balandliklardagi
ishlarni bajarish uchun qurilish tashkilotlariga harakatlanuvchi kranlar,
buldozerlar, ekskavatorlar, beton qorish mashinalari, bo‘yoq va ohak purkagich
apparatlar, elektr randa va arralar hamda boshqa shu kabi maxsus texnika, mashina
va uskunalar kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, qurilishga kerakli bo‘lgan ko‘p
miqdordagi materiallarni tayyorlash, saqlash va ularni qurilish maydonchalariga
o‘z vaqtida yetkazib berish turli ta’minot, ishlab chiqarish va boshqa
jarayonlarning bajarilishini ta’minlovchi binolar, inshoatlar, transport va boshqa
mehnat vositalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Bularning barchasi qurilish
tashkilotlarida asosiy vositalarni muhim ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi.
Bu, o‘z navbatida, qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar holati va harakati,
eskirishi va yangilanishi, samarali ishlatilishi ustidan uzliksiz nazoratni o‘rnatish,
shuningdek ular hisobini o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritish talabini qo‘yadi.
Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan asosiy vositalarni turlicha tasniflash
mumkin (2.1-jadval).
Ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra qurilish tashkilotlarining barcha
asosiy vositalarini ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy vositalariga ajratish
mumkin. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bo‘lib, chunonchi, bevosita qurilish
ishlarini olib borishda ishtirok etadigan mehnat qurollari va vositalari, masalan
maxsus qurilish mashinalari va uskunalari, texnika, transport vositalari, bino va
inshoatlar hisoblanadi. Noishlab chiqarish asosiy vositalariga ma’muriyat binosi,
ofis mebellari, kompyuterlar, boshqaruvga xizmat qiladigan transport vositalari,
shuningdek boshqa ijtimoiy-madaniy maqsadlarda foydalanilayotgan ob’ektlar
kiradi.
Dostları ilə paylaş: |