K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari» Kredit



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə20/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Debet
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit 4610 «Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari»
Chet el investorlaridan ta’sis badali sifatida korxona ro‘yxatdan o‘tgandan
keyingi sanalarda kelib tushgan asosiy vositalar bo‘yicha valyuta kursini
o‘zgarishi sababli qo‘shilgan kapital vujudga keladi. Bunday holda korxona
ro‘yxatdan o‘tgan sanadagi kurs bo‘yicha ta’sischidan qabul qilib olingan asosiy
vosita qiymatiga yuqorida keltirilgan yozuv beriladi. Haqiqatda kelib tushgan sana
va korxona ro‘yxatga olingan sanadagi kurslar o‘rtasidagi farq summasi
korxonaning qo‘shilgan kapitaliga olib boriladi va unga quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit 8420 «Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqlari»
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarni qayta baholash ikki usulda, ya’ni
bozor baholaridan kelib chiqqan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri eski qiymatni bozor
qiymatigacha yetkazish yoki eski qiymatni belgilangan koeffitsiyentlarga
ko‘paytirish yo‘li bilan yangi qiymatga chiqish usullarida amalga oshiriladi.
Yangi va eski qiymatlar o‘rtasidagi farq qayta baholash qiymatini tashkil etadi.


Ushbu summa ijobiy son bilan chiqsa, u asosiy vositalarning qiymatini


oshirilganligini, manfiy son bilan chiqsa, u asosiy vositalar qiymatini
pasaytirilganligini bildiradi. Qayta baholash natijasi inventarizatsiya qaydnomasi
asosida hisobda aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning qiymati oshirilganda, yangi va eski boshlang‘ich
qiymatlar o‘rtasidagi ijobiy farq buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit  8510 « Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»
Qayta baholashda mos ravishda asosiy vositaning jamlangan eskirish summasi
ham yuqorida keltirilgan ikki usulning biri bo‘yicha qayta hisoblanadi. Eskirish
summasi oshirilganda unga quyidagi yozuv qilinadi:

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin