K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Qurilish mashinalari va uskunalari ish faoliyatining



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə23/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

3.Qurilish mashinalari va uskunalari ish faoliyatining
hisobi 

Qurilish tashkilotlarida maxsus mashina va uskunalar ish faoliyatini alohida


hisobga olib borishning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari mavjud. Ularning
asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin:
birinchidan, maxsus qurilish mashina va uskunalarining qimmat turishi
ulardan unumli va samarali foydalanish talabini qo‘yadi;
ikkinchidan, qurilish mashina va uskunalaridan qurilish ishlarini bajarishda
faqat tegishli bosqichlarda va maqsadlarda ishlatilishi ular ish faoliyatini har bir
qurilish ob’ekti bo‘yicha hisobini olib borishni taqozo etadi;
uchinchidan, ularning qurilish maydonchalariga yetkazib kelinishi, o‘rnatilishi
va ishlatilishi ma’lum texnika va mehnat xavfsizliklari shartlariga qat’iy amal
qilishni, maxsus tayyorgarlikni, kasbiy mahoratni, shuningdek bu maqsadlar uchun
qo‘shimcha sarf-harajatlarni talab qiladi.
Ta’kidlash joizki, respublikamizda qurilish mashinalari va uskunalari ish
faoliyatini hisobga olish uchun maxsus me’yoriy hujjatlar qabul qilingan emas.
Qurilish tashkilotlarida bugungi kunda qurilish mashinalari va uskunalari ish
faoliyatining hisobiga doir dastlabki hujjatlar, ularni tuzish, ishlovdan o‘tkazish
sobiq SSSR davrida tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asoslanilgan holda amalga
oshirilmoqda.


Qurilish mashina va uskunalari ish faoliyatini aks ettiruvchi boshlang‘ich


hujjatlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

ko‘tarish krani ishi haqida bildirgi (ESM -1 shakl);



qurilish mashinasi yo‘l varaqasi (ESM-2 shakl);

qurilish mashinasi ishi to‘g‘risida bildirgi (ESM-3 shakl);


qurilish mashinasi ishi to‘g‘risida bildirgi-naryad (ESM-4 shakl);



qurilish mashinasi (uskunasi) ishi hisobi kartasi (ESM-5 shakl);

qurilish mashinalari (uskunasi) ishi hisobi jurnali (ESM-6 shakl);

bajarilgan ishlar (xizmatlar) to‘g‘risida ma’lumotnoma (ESM-7 shakl).



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin