K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Eskirishni qoldiq qiymatdan hisoblash usuli



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə31/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

Eskirishni qoldiq qiymatdan hisoblash usuli. Ushbu usulda asosiy
vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati bo‘lib boshlang‘ich qiymat hisoblanadi.
Yillik amortizatsiya summasi belgilangan yillik amortizatsiya me’yorining ikki
baravari miqdorida topiladi. Chunonchi, birinchi yilda u boshlang‘ich qiymatdan,


keyingi yillardan boshlab esa yil oxiriga qolgan qoldiq qiymatdan hisoblanadi.


Xizmat muddatining oxirgi yilida amortizatsiya summasi tugatish qiymatidan
tashqari bo‘lgan miqdorda hisoblanadi.
Misol. Kraz yuk tashish mashinasining boshlang‘ich qiymati 12000000 so‘m 
deylik. Tugatish qiymati 200000 so‘m. Xizmat muddati 5 yil, yillik amortizatsiya 
me’yori 20 %.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida KRAZ yuk tashish mashinasi bo‘yicha
amortizatsiya ushbu usulda quyidagicha hisob-kitob qilinadi (2.6-jadval).
2.6-jadval 
Yuk tashish mashinalari bo‘yicha eskirishni qoldiq qiymatdan hisoblash 
usuli 

Yillar 
Amortizatsiya-
lanadigan 
qiymat 
Amortizatsiya
me’yori, % 
Yillik 
amortizatsiya 
summasi 
Jamlangan 
amortizatsiya
summasi 
Qoldiq 
qiymat 
1
12000000
40
4800000
4800000
7200000
2
7200000
40
2880000
7680000
4320000
3
4320000
40
1728000
9408000
2592000
4
2592000
40
1036800
10444800
1555200
5
1555200
-
1355200
11800000
200000

Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish maqsadidagi barcha asosiy


vositalarning hisoblangan eskirishi summasini bevosita asosiy ishlab chiqarish
schyotiga olib borib bo‘lmaydi. Bunga sabab shundaki, ishlab chiqarish
maqsadidagi asosiy vositalar qurilish tashkiloti tomonidan olib borilayotgan barcha
qurilish ishlariga bir vaqtning o‘zida xizmat qilishi mumkin. Shu bois, ishlab
chiqarish maqsadidagi asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya summalari
dastlab 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotida yoki 2510 «Umumishlab
chiqarish harajatlari» schyotida alohida ochilgan analitik schyotlarda aks ettiriladi.
Hisobot oyi oxirida yuqoridagi schyotlarda aks ettirilgan amortizatsiya
ajratmalari qurilish ishlari olib borilayotgan ob’ektlar o‘rtasida maxsus hisob-kitob
asosida taqsimlanadi. Amortizatsiya harajatlarini qurilish ob’ektlari o‘rtasida
taqsimlab chiqish turli usullarda amalga oshirilishi mumkin. Ular ichida eng keng
tarqalganlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin