Birinchi holatda. (1) 1 soatlik amortizatsiya me’yori 1900 so‘m
(38000000/20000); (2) birinchi yilda hisoblanadigan amortizatsiya summasi
5700000 so‘m (1900*3000).
Ikkinchi holatda. (1) 1 soatlik amortizatsiya me’yori 2000 so‘m
(40000000/20000); (2) birinchi yilda hisoblanadigan amortizatsiya summasi
6000000 so‘m (2000*3000).
Qurilish mashinalari va mexanizmlari bo‘yicha hisob-kitob qilingan eskirish
summasi qurilish tashkilotlarida ularning qaysi ob’ektlarda ishlaganligiga qarab
o‘sha ob’ektlarning tannarxiga kiritiladi.
Eskirishni ish hajmiga mutanosib ravishda hisoblash usulini transport
vositalari bo‘yicha qo‘llashda ish birligi bo‘lib, ular tomonidan bajarilgan yuk
aylanmasi (t/km), bosib o‘tilgan yo‘l (km) yoki naryada bo‘lgan ish vaqti (soat)
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: