K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə28/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

Jami 
590 
2996000 

336 
2199440 
150 
449793 
104 
346767 

Ushbu taqsimot asosida aniqlangan harajatlar mos ravishdagi qurilish


ob’ektlari tannarxiga kiritiladi va 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotiga
ochilgan tegishli analitik schyotlarda aks ettiriladi.

5.Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullarini 
qo‘llash xususiyatlari 

Qurilish tashkilotlari boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar singari asosiy


vositalari bo‘yicha ularning eskirishini 5-son BHMS «Asosiy vositalar»da nazarda
tutilgan usullar bo‘yicha umumbelgilangan amortizatsiya me’yorlari asosida hisob-
kitob qilishlari lozim. Asosiy vositalar turlari yoki guruhlari bo‘yicha eskirish
hisoblashning tanlab olingan usullari, shuningdek qo‘llaniladigan amortizatsiya
me’yorlarining aniq miqdorlarini qurilish tashkilotlari o‘zlarining hisob siyosatida
belgilab olishlari mumkin. Quyida qurilish tashkilotlari xususiyatlaridan kelib


chiqqan holda ularda eskirish hisoblash usullarini ayrim asosiy vositalar turlari


bo‘yicha qo‘llash tartibiga to‘xtalamiz.
Bir maromda eskirish hisoblash usuli. Bu usulni qo‘llash cheklanmagan.
Lekin, uni qurilish ishlarini olib borilishiga faol ta’sir o‘tkazmaydigan asosiy
vositalar bo‘yicha qo‘llash, odatda, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunonchi, bu
usulni bino va inshoatlar, mebel va ofis jihozlari, kompyuterlar bo‘yicha qo‘llash
mumkin.
Ushbu
usulning
mohiyati
shundaki,
unda
asosiy
vositaning
amortizatsiyalanadigan qiymati bo‘lib: (1) boshlang‘ich qiymat yoki chamalangan
tugatish qiymati chegirib toshlangandan keyin qolgan boshlang‘ich qiymat
hisoblanadi; (2) yillik amortizatsiya summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni
belgilangan yillik amortizatsiya me’yoriga ko‘paytirish va 100 foizga bo‘lish,
oylik amortizatsiya summasi esa yillik amortizatsiya summasini 12 ga bo‘lish yo‘li
bilan topiladi.
Misol. Binoning boshlang‘ich qiymati 10000000 so‘m deylik. Tugatish 
qiymati 1-holatda 10 foiz miqdorida belgilangan, 2-holatda esa ko‘zda tutilmagan. 
Yillik amortizatsiya me’yori – 5 foiz.
Demak, binoning amortizatsiyalanadigan qiymati 1-holatda 9000000 so‘mni
(10000000- 10000000*10%), 2-holatda esa 10000000 so‘mni tashkil etadi. Yillik
amortizatsiya summasi 1-holatda 450 ming so‘mni (9000000*5%), 2-holatda esa
500000 so‘mni (10000000*5%) tashkil etadi. Oylik amortizatsiya summasi 1-
holatda 37500 so‘mni (450000/12), 2-holatda esa – 41667 so‘mni (500000/12)ni
tashkil qiladi. Bu usulga ko‘ra qurilish tashkilotida 20 yildan so‘ng 1-holatda
binoning 9000000 so‘mlik boshlang‘ich qiymati to‘liq tiklanadi, 1000000 so‘mlik
qiymati tiklanmasdan qoladi. 2-holatda esa binoning qiymati 20 yildan so‘ng to‘liq
tiklanadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin