Eskirishni hisoblashning kumulyativ usuli. Ushbu usulda asosiy vositaning
amortizatsiyalanadigan qiymati bo‘lib ham boshlang‘ich qiymat yoki chamalangan
tugatish qiymati chegirib toshlangandan keyin qolgan boshlang‘ich qiymat
hisoblanadi. Yillik amortizatsiya summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni
amortizatsiya me’yoriga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Amortizatsiya me’yori
sifatida xizmat yillari sonini xizmat yillari sonlarining yig‘indisiga nisbati olinadi.
Faqat, ushbu nisbat birlik qo‘llanishda teskari holda ishlatiladi.
Misol.Kranning boshlang‘ich qiymati 40000000 so‘m deylik. Tugatish qiymati 1-holatda 5 foiz, ya’ni 2000000 so‘m belgilangan, 2-holatda esa ko‘zda tutilmagan. Kranning xizmat muddatida 10 yil. Xizmat yillari sonlari yig‘indisi 55 (1+2+3+4+5+6+7+8+9+10), mos ravishda amortizatsiya hisoblashda me’yor sifatida olingan sonlar nisbati:1-yil uchun 10/55; 2-yil uchun 9/55, 3-yil uchun 8/55 va shu tarzda 10-yil uchun 1/55. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida kran bo‘yicha amortizatsiya quyidagicha
hisob-kitob qilinadi.
Birinchi holatda. 1-yil uchun 6909090 so‘m (38000000*10/55; 2-yil uchun
6218182 (38000000*9/55) va shu tarzda 10-yilda 690909 (38000000*1/55).
Ikkinchi holatda. 1-yil uchun 7272727 so‘m (40000000*10/55; 2-yil uchun
6545454 (40000000*9/55) va shu tarzda 10-yilda 727273 (40000000*1/55).
Ko‘rinib turibdiki, kumulyativ usul yuqorida keltirilgan ikkita usuldan farqli
o‘laroq asosiy vositalarni tezlashtirilgan holda amortizatsiya qilinishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga muvofiq kumulyativ usulni qo‘llash
mol-mulk solig‘ini kam to‘lashga olib keladi, chunki ushbu soliq bazasi bo‘lib
asosiy vositalarning qoldiq qiymati hisoblanadi. Biroq, kumulyativ usul bo‘yicha
hisoblangan amortizatsiya summasi, agar u bir maromda hisoblash usulida
hisoblangan eskirish summasidan katta bo‘lsa, u holda o‘rtadagi farq summasi
daromad (foyda) solig‘i bazasiga qayta qo‘shiladi va mos ravishda ushbu soliqqa
tortiladi.