K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


ESM-5 shakl va ESM-6 shakldagi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə25/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

ESM-5 shakl va ESM-6 shakldagi hujjatlar yirik va kichik qurilish mashina
(uskuna)larning har kunlik ish faoliyatini hisobga olish va nazorat qilish uchun
ishlatiladi.
Bajarilgan ishlar (xizmatlar) to‘g‘risida ma’lumotnoma (ESM-7 shakl) 
maxsus qurilish mashinalari (uskunalari) tomonidan bajarilgan ishlarni
tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U pudratchi va buyurtmachilar (bosh pudratchi va
subpudratchilar) o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asos
bo‘luvchi schyot-fakturalarga ilova qilinadi.
Qurilish mashinalari tomonidan bajarilgan ishlar ushbu texnika yordamida
xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar uchun daromad olishning asosiy
manbai hisoblanadi. Bunday tashkilotlarda qurilish mashinalari tomonidan
bajarilgan ishlar ularni tasdiqlovchi hujjatlar (ESM-7, schyot-faktura) asosida
hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
Kredit 9030 «Bajarilgan i shva xizmatlardan olingan daromadlar»
Qurilish, qurilish montaj va boshqa ishlarni olib borayotgan pudratchi
tashkilotlarda qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlar
qiymati umumpudrat ishining tarkibiy qismi hisoblanadi va uning tannarxiga
kiritiladi.

4. Qurilish mashinalari va uskunalarini ekspluatatsiya qilish harajatlarining 
hisobi

21-son BHMS «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati


buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ga
muvofiq pudratchi tashkilotlar qurilish mashinalari va uskunalarini ekspluatatsiya
qilish harajatlari hisobini 2500 «Umumishlab chiqarish harajatlari» schyotida olib
borishlari lozim. Qurilish tashkilotlari ushbu maqsadda o‘zlarining ishchi schyotlar
rejasida maxsus schyotni, masalan, 2520 «Qurilish mashinalarini saqlash va
ekspluatatsiya qilish harajatlari» schyotini ochishlari ham mumkin. Ushbu
schyotga qurilish mashina va uskunalarining turlari yoki guruhlari bo‘yicha alohida
analitik schyotlarni ochish maqsadga muvofiq. Bu schyotlarning debetida qurilish
mashinalari va uskunalarini ekspluatatsiya qilishga doir barcha harajatlar guvohlik
beruvchi hujjatlar asosida to‘planadi, kreditida esa sarflangan harajatlarni hisobdan
chiqarilishi, ya’ni ularning tegishli ob’ekt tannarxiga kiritilishi aks ettiriladi.
Qurilish mashinalari va uskunalarini ekspluatatsiya qilish harajatlari o‘z
ichiga quyidagi moddalarni oladi: qurilish mashinalarini boshqaruvchi xodimlar
(mashinistlar, haydovchilar)ga hisoblangan ish haqi; ish haqiga nisbatan ijtimoiy
sug‘urtaga ajratmalar; material harajatlari (yoqilg‘i, moylash materiallari, ehtiyot
qismlar, xo‘jalik materiallari vash u kabilar); amortizatsiya harajatlari; joriy va
kapital ta’mirlash; turli xizmatlar (elektr energiya, suv, gaz, isitish, bug‘,
transportirovka, ijara va boshqa xizmat turlari).
Qurilish mashinalari va uskunalarini ekspluatatsiyasiga doir ushbu turdagi
harajatlar hisobda quyidagicha aks ettiriladi (2.4-jadval):
2.4-jadval 





Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin