K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə18/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

0160 «Transport vositalari» schyotida yuk va odam tashuvchi
avtomashinalar, vagonlar, avtobuslar, traktorlar, pritseplar va boshqa transport
vositalari hisobga olinadi.
Asosiy vositalarning analitik hisobi 13-jurnal-orderda, shuningdek har bir
inventar ob’ektning kodi (tartib nomeri) bo‘yicha kartochkalarda yoki kitobda (OS-
7 shakl «Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi», OS-9 «Asosiy
vositalarning inventar ro‘yxati») yuritiladi. Ushbu kartochka va kitoblar asosiy
vositalar kelib tushganda ochiladi va ularning butun foydali xizmat muddati davri
davomida saqlanadi.
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar yangi kapital investitsiyalarni kiritish,
bepul olinishi, ta’sis badali sifatida kirim qilinishi evaziga ko‘payishi, shuningdek
ularning boshlang‘ich qiymatini qayta baholash hisobidan oshishi mumkin.
Kapital investitsiyalar – bu qurilish tashkilotlarining yangi ob’ektlarni
qurishga, eski ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga,
shuningdek asosiy vositalarni sotib olishga sarflagan mablag‘lari majmuasi.
Xalqaro standartlarda va O‘zbekiston Respublikasining milliy standartlarida (5-son
BHMS) bu harakterdagi harajatlar asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini
ko‘paytiradigan harajatlar deb tan olinadi.
Kapital investitsiyalar harakteriga ko‘ra ichki investitsiya hisoblanadi, ular
bevosita qurilish tashkiloti qudratini oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lardir.
Qurilish tashkilotlari o‘z maqsadlaridagi kapital investitsiyalarni ikki usulda
amalga oshirishlari mumkin: pudrat usulida va xo‘jalik usulida. Ushbu usullarda
amalga oshirilgan kapital investitsiyalarning hisobi 0810 «Tugallanmagan
qurilish», 0820 «Asosiy vositalarni sotib olish», 0890 «Boshqa kapital quyilmalar»
schyotlarida olib boriladi.
0810 «Tugallanmagan qurilish» schyotining debetida qurilish tashkilotlari
tomonidan sarflangan kapital quyilmalar to‘g‘risida ma’lumotlar jamlanadi,
kreditida esa kapital investitsiya summasini asosiy vositalarning boshlang‘ich
qiymatiga kiritilishi aks ettiriladi. Schyotning qoldig‘i debet tomonida bo‘lib, u
tugallanmagan qurilishga to‘g‘ri keladigan kapital quyilmalar summasini
ko‘rsatadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin