g) Bosh buxgalter.
7. 2007 yil yanvar oyida qurilish brigadasi a’zolariga (4 kishiga)
hisoblangan jami ish haqi 600000 so‘m. Jami sarflangan vaqt 600 kishi/soat.
Xodimlar ishlagan vaqt: 1-ishchi – 180 soat, 2-ishchi 140 soat, 3-ishchi 160
soat, 4-ishchi 120 soat. O‘rtacha oylik ish vaqti brigada a’zolari uchun 560
kishi/soat. Ish haqidan quyidagilar ushlangan: daromad solig‘i o‘rtacha 20 %
miqdorida; pensiya fondiga – 2,5 %; jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti
schyotiga – 1 %.
1-ishchining mehnatda ishtirok koeffitsiyenti (MIK) va ish haqi
summasini toping:
a) MIK 1,2; ish haqi 150000 so‘m;
b) MIK 1,29; ish haqi 180000 so‘m;
v) MIK 1,30; ish haqi 216000 so‘m;
g) to‘g‘ri javob yo‘q.
8. 7-test ma’lumotlariga ko‘ra 2-ishchiga hisoblanadigan ish haqi
summasini toping:
a) 140000 so‘m;
b) 130620 so‘m;
v) 150000 so‘m;
g) 139950 so‘m
9. 7-testda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha brigada a’zolariga
hisoblangan jami ish haqi summasiga buxgalteriya yozuvi beriladi:
a) Debet 2010 Kredit 6710 6000000 so‘mga;
b) Debet 2310 Kredit 6710 6000000 so‘mga;
v) Debet 2510 Kredit 6710 6000000 so‘mga;
g) Debet 9420 Kredit 6710 6000000 so‘mga.
10. 7-testda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha brigada a’zolariga
hisoblangan ish haqidan ushlanadigan daromad solig‘i summasini toping va
unga buxgalteriya yozuvini bering:
a) Debet 6410 Kredit 6710 120000 so‘m;
b) Debet 6710 Kredit 6410 120000 so‘m;
v) Debet 2010 Kredit 6410 120000 so‘m;
g) Debet 6720 Kredit 6410 120000 so‘m
Dostları ilə paylaş: