K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


 Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash harajatlarining



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə57/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

3. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash harajatlarining 
taqsimoti 

Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lashga ketgan sarf-harajatlarni ikkita


guruhga ajratish mumkin: (1) qurilish ishlari tannarxiga kiritiladigan harajatlar; (2)
qurilish ishlari tannarxiga kiritilmaydigan harajatlar.
Qurilish ishlari tannarxiga kiritiladigan mehnat haqi harajatlari. Bu
guruhga kiruvchi harajatlar, o‘z navbatida, yana ikki turga bo‘linadi: (1) qurilish
ishlari tannarxiga olib boriladigan bevosita mehnat haqi harajatlari; (2) qurilish
ishlari tannarxiga olib boriladigan bilvosita mehnat haqi harajatlari.
Qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bevosita mehnat haqi harajatlariga
aniq qurilish ishi uchun uni olib borgan ishchi xodimlarga hisoblangan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri mehnat haqlari kiritiladi. Bitta qurilish ob’ekti bo‘yicha hisoblangan mehnat
haqi harajatlari boshqa qurilish ob’ektiga doir mehnat haqi harajatlariga kiritilishi
mumkin emas. Bunday harajatlar buxgalteriyada 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»
schyoti doirasida har bir qurilish ishlari ob’ekti uchun ochilgan mos analitik
schyotlarda aks ettirilishi lozim.
Qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bilvosita mehnat haqi harajatlariga
barcha qurilish ob’ektlariga taalluqli bo‘lgan hamda ular o‘rtasida taqsimlanishi
lozim bo‘lgan mehnatga haq to‘lash harajatlari kiradi. Bunday harajatlar bo‘lib,
jumladan, qurilish mashina va mexanizlarining boshqaruvchilariga (mashinstlarga)
hisoblangan ish haqi, yordamchi avtoxo‘jalik xodimlariga hisoblangan ish haqi va
shu kabilar hisoblanadi. Ushbu turdagi yordamchi xo‘jaliklar hisobot oyida turli
qurilish ob’ektlariga xizmat ko‘rsatganligi uchun hisoblangan ish haqi harajatlarini
u yoki bu qurilish ob’ekti tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borib bo‘lmaydi.
Shuning uchun bu xo‘jaliklar bo‘yicha hisoblangan ish haq harajatlari dastlab 2310
«Yordamchi ishlab chiqarish» va 2510 «Umumishlab chiqarish harajatlari»
schyotlarida to‘planadi, so‘ngra esa hisob siyosatida belgilangan tartibga ko‘ra
tegishli qurilish ishlari o‘rtasida taqsimlanadi hamda mos ravishda ularning
tannarxiga kiritiladi.
Hisobot oyida mehnatga haq to‘lash harajatlarini qurilish ishlari o‘rtasida
quyidagicha hisob-kitob qilinadi (4.4-jadval). Ushbu ma’lumotlar RT-2 hamda RT-
5s shaklli ishlov qaydnomalarida o‘z akini topadi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin