Qurilish tashkilotlarida xodimlarni ishga olish va ishdan bo‘shatish, ular bilan
mehnat sharnomalarini tuzish hamda uni bekor qilish respublikamiz qonun
hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Qurilish tashkilotlarining xodimlar bo‘limi ishga qabul qilingan xodimlar
hisobini belgilangan tartibda yuritadi. Qurilish ishlari olib borilayotgan joylarda
xodimlarning
ishga kelishi, ular tomonidan bajarilgan ishlarning dastlabki hisobi
registrlari (ishga chiqish hisobi tabeli, naryadlar, hisobotlar, ma’lumotnomalar,
dalolatnomalar)ni tuzish hamda yuritish uchastka boshlig‘lari (prorablar, masterlar,
brigadirlar)ga yuklatiladi.
Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash vaqtbay va ishbay shakllarda
amalga oshiriladi. Ushbu shakllarning qo‘llanilishi qurilish
tashkilotining ichki
me’yoriy hujjatlari (jamoa va individual mehnat shartnomalari) bilan tartibga
solinadi.
Ish haqi hisoblashning vaqtbay shakli asosan ma’muriy-boshqaruv hamda
injener-texnik xodimlar uchun qo‘llaniladi. Ushbu shaklda mehnatga haq to‘lash
uchun asos bo‘lib qurilish tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali,
tarif razryadi, tarif razryadi bo‘yicha belgilangan maosh,
xodimlarning haqiqatda
ishlagan vaqti hisobi tabeli hisoblanadi.
Ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik xodimlarga hisobot oyida
hisoblanadigan asosiy ish haqi ularga belgilangan maoshni shu oydagi ish kunlari
soniga bo‘lish va haqiqatda igshlagan kunlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan
topiladi. Hisobot oyida to‘liq ishlagan xodimlarga asosiy ish haqi belgilangan
maosh miqdorida hisoblanadi.
Mehnat va jamoa shartnomalarida ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik
xodimlarga erishilgan yutuqlar uchun qo‘shimcha tarzda mukofatlar berish ham
ko‘zda tutiladi. Shu bois, vaqtbay shakl boshqachasiga
vaqtbay-mukofatli shakl
ham deb ataladi. Xodimlarga beriladigan mukofatning miqdori qurilish tashkiloti
rahbarining buyrug‘i bilan belgilanadi.
Ish haqi hisoblashning ishba
y shakli bevosita qurilish ishlarini olib
boruvchi xodimlar uchun qo‘llaniladi. Bunday xodimlarga ishchilar, maxsus
mashina va mexanizmlarni boshqaruvchi mashinistlar,
transport vositalarining
haydovchilari, masterlar, prorablar, brigadirlar va boshqalar kiradi. Ushbu shaklda
mehnatga haq to‘lash uchun asos bo‘lib qurilish tashkiloti rahbari tomonidan
tasdiqlangan shtat jadvali, tarif razryadi, tarif razryadi bo‘yicha belgilangan maosh,
bir birlik ish uchun tasdiqlangan mehnat haqi me’yori (rassenka), xodimlarning
haqiqatda ishlagan vaqti hisobi tabeli, bajarilgan ish hajmi to‘g‘risida hisobotlar,
bildirgi-naryadlar, ma’lumotnomalar va dalolatnomalar hisoblanadi.
Qurilish ishlari, odatda, jamoa, ya’ni brigada tomonidan bajariladi. Bajarilgan
ishlar yaxlit jamoaning (brigadaning) mehnati sifatida tavsiflanadi.
Mos ravishda
hisoblangan ish haqi ham jami jamoa (brigada) uchun hisoblangan ish haqi
hisoblanadi. Ish haqini hisoblashning bunday tizimi adabiyotlarda «akkord»,
«akkord-naryad» tizimi, deb ham e’tirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: