Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
(3) yordamchi ishlab chiqarishdan qurilish materiallari, konstruksiyalar,
moslamalar, xo‘jalik jihozlari olinganda:
Debet 1000 «Materiallar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
(4) yordamchi ishlab chiqarish harajatlarining kapital investitsiya sifatida tan
olinganda:
Debet 0890 «Boshqa kapital quyilmalar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
(5) yordamchi ishlab chiqarish harajatlari summasini asosiy ishlab chiqarish
harajatlariga kiritilganda:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
(6) yordamchi ishlab chiqarish harajatlarini davr harajatlari hisobi
schyotlariga o‘tqazilganda:
Debet 9400 «Davr harajatlarini hisobga olib boruvchi schyotlar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
Yordamchi ishlab chiqarish harajatlarining asosiy
ishlab chiqarish
harajatlariga hisobdan chiqarilishi uning alohida
moddalarini aniq qurilish
ob’ektlari tannarxiga bevosita olib borish yoki hisob siyosatida keltirilgan tartibga
muvofiq taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Yordamchi ishlab chiqarish harajatlari va ular taqsimotining
analitik hisobi
har bir yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s
jurnal-orderda alohida yuritiladi.
3. Qurilish tashkilotlarida umumishlab chiqarish harajatlarining hisobi
va ularning taqsimoti
Qurilish tashkilotlari o‘zlarining hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq
umumishlab chiqarish harakteriga ega bo‘lgan harajatlar hisobini 2500
«Umumishlab chiqarish harajatlarini hisobga oluvchi schyotlar» tizimida
alohida
olib borishlari mumkin. Ushbu schyotlar tizimida ochiladigan maxsus schyotlarda,
chunonchi, quyidagi harajatlar aks ettiriladi:
a) qurilish mashinalari va uskunalarini saqlash hamda ularni ekspluatatsiya
qilish harajatlari;
b) ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lgan asosiy
vositalar va nomoddiy
aktivlarning amortizatsiya ajratmalari;
b) ishlab chiqariga doir asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari;
v) ishlab chiqarishdagi mol-mulkni sug‘urtalash harajatlari;
g) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va
saqlash harajatlari;
d) ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga olish
harajatlari;
e) ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan ishlab chiqarish
xodimlariga hisoblangan mehnat haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
j) umumishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa harajatlar.
Hisobot oyi moboynida 2510 «Umumishlab chiqarish harajatlari»
schyotining debetida va mos ravishdagi boshqa schyotlarning
kreditida nomlari
yuqorida zikr etilgan harajat moddalari bo‘yicha ma’lumotlar jamlanadi. Oy
oxirida ushbu schyotning debetida to‘plangan harajatlar qurilish tashkiloti hisob
siyosatida keltirilgan tartibga muvofiq asosiy ishlab chiqarish (2010 schyot) va
yordamchi ishlab chiqarish (2310 schyot) harajatlariga olib boriladi. Umumishlab
chiqarish harajatlarini taqsimlash tartibini ularning alohida moddalari misolida 2-
mavzuda ko‘rib chiqqan edik. Xuddi shunga o‘xshash yoki qabul qilingan boshqa
tartiblarga ko‘ra umumishlab chiqarish harajatlarining qolgan moddalari ham mos
ravishdagi qurilish ob’ektlari o‘rtasida taqsimlanishi lozim.
Umumishlab chiqarish harajatlari va ular taqsimotining analitik hisobi
umumishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s jurnal-
orderda alohida moddalari bo‘yicha yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: