Bunday tovariar va marketing dasturlarini ishlab chiqish orqali firma
o'z maqsadiga xaridorlami o'rtacha massasini qondirib erishishi mumkin.
Strategiyadan foydalanuvchi firmalar muvaffaqiyatining muhim omili
standartlashtirish va tovar ishlab chiqarish umumiyligi hisoblanadi.
Differensiallanmagan marketing strategiyasi mahsulot ishlab chiqarish va
sotishda kam xarajatlarni ta’minlaydi. Biroq X. Meffert ta’kidlaganidek,
«bu strategiya zamonaviy marketing tamoyillariga qarama-qarshi turadi».
Marketingning zamonaviy konsepsiyasida ikkita strategiya ko'riladi:
differenuiallangan va konsentrlangan marketing strategiyasi.
Differensiallangan
marketing
strategiyasida
firmadan
uning
faoliyatini bir necha segmentda ular uchun maxsus ishlab chiqarilgan
tovariar va marketing dasturlari bo'lishini talab qiladi. Bu strategiya
xaridorlaming motivlari va tushunchalariga mos keluvchi marketing
dasturi va xaridorlarga mo'ljallangan marketingning asosiy tamoyiliga
mos keladi. Bu strategiya xaridoming bozordagi holatini to'liq ifodalaydi,
shuning uchun, odatda, yuqori sotish hajmi va konsentrlangan marketing
strategiyasiga nisbatan kichik tavakkalchilik darajasini ta’minlaydi.
Differensiallangan marketing strategiyasi yuqori investitsiya, ishlab
chiqarish va boshqarish xarajatlarini talab qiladi, shuning uchun u yirik
korxonalar uchun zarurdir.
Mahsulot differensiatsiyasi turli bozorga chiqishning keyingi
imkoniyatidir. Bu birinchi navbatda tovar taqsimoti diversifikauiya
strategiyasini olib borishga asoslanadi.
Konsentrlangan marketing strategiyasi korxonalardan bozoming
foyda segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tibor qaratishni
talab etadi. Bu bozor segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan
hamda maqsadli marketing dasturi bilan yondashadi. O'z mazmuniga
ko'ra bu strategiya bozor chuqurchasi konsepsiyasiga mos keladi, ya’ni
shunday bozor segmentida ishlash kerakki, tovar ushbu firma va uning
yetkazib berish imkoniyatlari uchun ko'proq mos keluvchi hisoblanadi.
Konsentrlangan
marketing
strategiyasi
ko'proq
kichik va
o'rta
korxonalarga mos keladi, chunki bozoming barcha segmentlarida ishlash
uchun yetarli moliyaviy vositalar bo'lishi talab etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: