2. Rivojlanish maqsadlarini aniqlash (Marketing sintezi). Ishlab
chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda
foydaga erishish yo'llarini aniqlash.
3. Strategiyani ishlab chiqish. Korxonaning moddiy, mehnat va
moliya resurslaridan samarali foydalanishni ko'zlagan uzoq muddatli
maqsadni aniqlash (bozor segmentlari, marketing vositasi, bozorga kirish
vaqti va boshqalarni tanlash).
4. Rejani ishlab chiqish. Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar,
reklama, sotish va boshqalarni amalga oshirish xarajatlari va natijalarini
rejalashtirish tizimi.
5. Nazorat qilish. Strategik nazorat (tanlangan tamoyilning aniq
bozor holatiga to'g'ri kelishi). Yillik nazorat (rejadagi tadbirlar va
xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati.
Dostları ilə paylaş: