4. Zig - zag (ajurli arra),
Aqliy hujum, savol - javob, kubik, sinkveyn kabi metodlardan darslarda foydalanish
yo’llari. "Ajurli arra" (ajur so’zi frantsuzcha "ajour" so’zidan olingan bo’lib "bir yoqdan
ikkinchi yoqqa o’tgan, ikki tomoni ochiq" degan ma'noni anglatadi) metodidan darsning
"Yangi mavzuni o’rganish" bosqichida foydalanish mumkin. quyidagi qadamlar bilan
o’quvchilar faoliyati tashkil etiladi.
1. Qadam: Guruh bo’lib o’tirgan barcha o’quvchilarni (6 tadan)
raqamlaymiz. 1,2,3,4,5,6
2. Qadam: Darslikni ochib 1 raqamli o’quvchilar mavzuning 1-qismini, 2 raqamli
o’quvchilar mavzuning 2- qismi va hokazo 6 raqamli o’quvchilar mavzuning 6 -
qismini o’qish taklif etiladi. (Mavzu matnini qismlarga bo’lishni o’qituvchi oldindan
mo’ljallab
qo’yadi). O’qish va daftariga qayd qilish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi.
3. Qadam: o’qish va daftarlariga bilib olganlarini qayd qilish uchun berilgan vaqt
tugagandan so’ng 1 raqamlilar 1- guruhga, 2 raqamlilar 2- guruhga va hokazo 6 chi
raqamli o’quvchilar 6 chi guruhga birlashishlari so’raladi. Ularga yangi mavzuning o’ziga
tegishli qismi bo’yicha fikr almashishga yana 5 daqiqa beriladi. Har bir guruhdan 1 ta
spikerni taqdimotga chiqishi uchun tayyorlashlari lozim.
Menzurka
Jism, ip
Suvli idish
15
4 Qadam: Navbat bilan bir guruhdan 1 o’quvchi (spiker) chiqib yangi mavzuning
1-qismi haqida, 2 guruhdan 1 o’quvchi (spiker) chiqib yangi mavzuning 2- qismi haqida
va hokazo 6 chi guruhdan 1 o’quvchi yangi mavzuning 6- ajratilgan qismi haqida
so’zlab beradi.
5 Qadam: o’qituvchi tomonidan yangi mavzu to’ldiriladi. To’ldirishda o’qituvchi
qo’shimcha adabiyotlardan, internetdagi yangi mavzuga doir materiallardan, matbuot
materiallaridan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: |