Kadrlar tayyorlash milliy dasturi


FSMU(Fikr. Sabab. Misol. Umumlashtirish.)metodi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/81
tarix30.03.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#54469
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
INTERFAOL TA\'LIM METODLARI VA ULARNI FIZIKAGA TADBIQI

5.FSMU(Fikr. Sabab. Misol. Umumlashtirish.)metodi

FSMU metodidan darsni mustahkamlash maqsadida foydalanish mumkin. 

Foydalanish  yo’li  quyidagicha.  Biror  mavzu  bo’yicha    fikr  beriladi.  Shu  mavzuni 

kelib  chiqish  sababi  tushuntiriladi.  Unga  misol  keltiriladi.  Mavzu  umumlashtiriladi. 

Masalan: 

Mavzu : “Diffuziya” 

Fikr: Molekulalarning o’z-o’zidan bir-biriga qo’shilish hodisasi. 

Sabab:    Molekulalarning  uzluksiz  va  tartibsiz  harakati  natijasida            paydo  bo’ladi. 

Temperatura  oshsa  diffuziya  tezligi  oshadi.  Gazlarda  diffuziya  hodisasi  tez  kechadi, 

suyuqliklarda sekinroq kechadi, qattiq jismlarda esa juda ham sekin bo’ladi, sababi qattiq 

jismlarning molekulalari zich joylashgan. 

Misol:    Atirning  isi  tez  tarqaladi.  Ovqatning  isi.  Qandchoy  hosil  bo’lishi.  Go’shtni 

tuzlash. Soloniy tayyorlash.  

Umumlashtirish: Diffuziya hodisasi molekulalarning o’z-o’zidan bir-biriga  aralashib 

ketish  hodisasidir.  Bu  hodisa    molekulalarning  uzluksiz  va  tartibsiz  harakati  natijasida 

paydo  bo’ladi.      Diffuziya  hodisasi  temperaturaga  bog’liq.  Temperatura  oshsa  diffuziya 

tezligi  ham  oshadi.  Diffuziya  hodisasi  gazlarda  tezroq,  suyuqliklarda  sekin,  qattiq 

jismlarda juda ham sekin kechadi.  

Mavzu. “ Kuch” 

Fikr:   Jismni harakatga keltiruvchi, unga tezlik beruvchi sabab . 

Sabab:  Ikki (kamida) jism o’zaro ta’sir qilishi natijasida paydo bo’ladi. 

Misol:  Kuch bor ekaki hayot bor. Biz yura olamiz. Qushlar ucha oladi. Kema suvda 

suza oladi Samolyot havoda shunchalik og’ir bo’lishiga qaramay ucha oladi.                                                                           

Umumlashtirish:        Kuch  jismlarning  o’zaro  ta’siri  natijasida  paydo  bo’ladi.  Kuch 

jismlarni  harakatga  keltiradi.  Harakatlanish  natijasida  jismlar  tezlik  oladi.  Tezligini 

o’zgartirishi natijasida tezlanishga ega bo’ladi. 

Kuch  bor  ekan,  hayot  bor,  rivojlanish  bor,  Kuch  ta’sirida  biz  yura  olamiz,  sochiq 

bilan artinamiz, stakanda suv turadi, choyni ichib bilamiz.  

 

Mavzu. “Bosim” 



Fikr:   Yuza birligiga ta’sir etuvchi kuch. 

Sabab:   Yuza birligiga kuch ning ta’siri natijasida paydo bo’ladi. 

Misol:   Binolarni qurish vaqtida bosimni kamaytirish uchun poydevor keng qilinadi. 

Bosimni  oshirish  uchun  esa  anjomlar  uchli  qilib  yasaladi.  Masalan:  Pichoq,  qaychi, 

ombur, arra, randa...... va hokazo. 

Umumlashtirish:   Yuza birligiga ta’sir etuvchi kuch.Yuza birligiga kuch ning ta’siri 

natijasida paydo bo’ladi. 



 

16 


Binolarni qurish vaqtida bosimni kamaytirish uchun poydevor keng qilinadi. Bosimni 

oshirish  uchun  esa  anjomlar  uchli  qilib  yasaladi.  Masalan:  Pichoq,  qaychi,  ombur,  arra, 

randa...... va hokaz 

Mavzu:  Tezlik. 

Fikr:                  Vaqt birligida bosib o’tilgan yo’lni xarakterlaydi.. 

Sabab:             Jismlar harakat qilish natijasida tezlik oladi. 

Misol:         Odam, ot, mashina tezlikka ega. Avtomobil tezligini spidometr ko’rsatib 

turadi. Radar o’zoqdan kelayotgan avtomobilning tezligini ko’rsatadi. Dan xodimlarining 

qo’lida har goim bo’ladi.  

Umumlashtirish:    :                  Vaqt birligida bosib o’tilgan yo’lni xarakterlaydi.             

Jismlar harakat qilish natijasida tezlik oladi. 

         Odam, ot, mashina tezlikka ega. Avtomobil tezligini spidometr ko’rsatib turadi. 

Radar o’zoqdan kelayotgan avtomobilning tezligini ko’rsatadi. Dan xodimlarining qo’lida 

har goim bo’ladi.   




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin