52."Domino” o’yini.
O’yinga 2 ta o’quvchi qatnashadi. Ular xuddi domino o’yiniday o’ynaydilar.
Faqat dominonig kartochkasida fizik formulalar, ularning qaysi formula ekanligi,
asboblar, ularning nimani o’lchashi, fizik kattaliklarni belgilanishi, ularning qaysi
kattalikka mos kelishi yozilgan. Bolalarning vazifasi mos keladiganini topib
o’shani ro’para qo’yish. Kartochkalar tugaguncha o’yin davom etadi.
53. “Zinama - zina” o’yini
Bunda bir o’quvchi yoki guruhlarda o’tirgan o’quvlchilar bilan alohida-
alohida o’yinni tashkil etish mumkin. Bunda savollar oddiydan murakkabga
qarab beriladi. Beriladigan ballar ham savolga qarab oshib boradi. Savollar albom
varag’ida tayyorlangan xaltachalarda qo’yiladi.
54.“Burchaklar” o’yini
Bu o’yinda butun sinf o’quvchilari jalb qilinadi. O’quvchilar 4 guruhga
bo’linadi. Sinfning to’rt burchagiga yozuvlar yozilgan plakatlar osib qo’yilgan
bo’ladi. Yozuvlarda qoyidagilarni yozish mumkin.
1. Nazariyotchilar 3. Izohlovchilar
2. Amaliyotchilar 4.Rassomlar
Burchaklarda nazariyotchilar echishi uchun masalalar, javob topish uchun
savollar qo’yiladi.
Amaliyotchilar uchun amaliy ishlardan namunalar, ularni bajarish uchun
asboblar qo’yiladi.
Izohlovchilar uchun formulalar yozilgan chiptalar qo’yiladi.
Rassomlarning vazifasi. Burchaklarda qo’yilgan asboblar va fizik hodisalar
rasmini chizish.
Guruhlar
topshiriqlarni
bajargandan
so’ng
55
o’zaro o’rin almashtiradilar. 45 minut davomida har bir guruh 4 burchakda
qo’yilgan topshiriqlarni bajarishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |