"Koptok" o’yini.
Bunda o’quvchilar bir joyga to’planib koptokni bir –birlariga otadilar. Bu
o’yinni butun sinf bilan, agar dars shovqun bo’ladi desangiz 10 ta o’quvchi bilan
o’ynash mumkin. Koptok o’yinini kuzatib xulosa chiqariladi. O’yinning ma’nosi
shundan iboratki, bolalar molekula, koptok esa chang zarrachasi.
55.“72 ga 12” intelektual o’yini
O’yin qoidalari
O’yinda tarkibi 4 o’quvchidan iborat 3 jamoa ishtirok etadi. O’yin 3 bosqich
va finaldan iborat. Jamoalarning jami 12 ishtirokchisi o’qituvchi tomonidan
tuzilgan 72 ta savolga qarshi o’ynaydi. Savollar fizikaning ma’lum bob yoki
bo’limi o’tib bo’lingandan keyin shu bob yoki bo’lim doirasida tuziladi.
Savollarning tartib raqami maxsus savol kataloglarida aks ettirilgan bo’lib, ular 9
ta katalogga 8 tadan qilib ajratiladi. Bu kataloglarda quyidagilar kiradi (o’qituvchi
ularni o’zgartirishi ham mumkin):
1. Fizik olimlar va fizika tarixi (61,62,63,68,69,70,71,72, savollar)
2. Fizik kattaliklar – (7,8,9,17,18,25,26,27)
3. Fizikaviy asboblar – (1,2,3,4,10,19,20,28)
4. Fizikaviy o’lchov birliklar – (55,56,58,59,64,65,66,67)
5. Fizikaviy hodisalar va atamalar – (11,12,21,29,30,31,32,41)
6. Fanlarda fizika aksi – (42,43,44,49,50,51,52,60)
7. Mustaqillik va vatan timsollari – (37,38,39,40,46,47,48,57)
8. Olamning ming bir jilosi - (5,6,13,14,15,16,22,23)
9. Sport olami yoki olam sporti – (24,33,34,35,36,45,53,54)
Savollar katalogi yozuv taxtasiga kattalashtirib yozilib osib qo’yiladi.
Tanlanib bo’lingan savollarni chalkashtirib yubormaslik maqsadida o’qituvchiga
yordam beruvchi sekundant tanlangan savol raqamlari ustiga x belgisini chizib, har
bir savolga o’ylash uchun beriladigan 10 soniyalik vaqtni belgilab boradi. O’yinni
qaysi jamoa boshlab berishini qur’a tashlash yo’li bilan yoki quyidagi dastlabki
bosqich savollari bilan aniqlab olish mumkin:
1. Yadrodagi zaryadga ega bo’lmagan zarracha qanday ataladi va uning
massasi proton massasidan qanday farq qiladi.
2. Qanday zarrachalar erkin elektronlar deyiladi.
3. Vodorod atomi tuzilishini tushuntirib bering.
O’yinning har bir bosqichidagi jamoaning ishtiroki faqat bir o’yinchi orqali va
u savolga xato javob berguncha davom etadi. Har bir to’g’ri javob uchun jamoaga
1 ball berilib boriladi. Mabodo, savolning javobi jamoadoshlari yoki boshqalar
tomonidan aytib qo’yilsa, savol shu raqamdagi boshqa savol bilan almashtiriladi.
Shuningdek
ketma-ket
3 marta to’g’ri javob topgan ishtirokchiga
rag’batlantiruvchi ball berilishi ham ko’zda tutilgan. Buning uchun u
shkatulkalarga yashirilgan “0” yoki “1” degan yozuvli maxsus kartochkalardan “1”
degan yozuvlisini topa olishi kerak. Shu tariqa o’yinni tugatgan ishtirokchi jamoani
tark etib, I bosqichdan keyin jamoalarda 3 nafardan ishtirokchi, II bosqichdan
56
keyin 2 nafardan ishtirokchi, III bosqichdan keyin sardorlargina qolib ular finalda
bellashadilar. O’yin g’olibi yakunida eng ko’p ball to’plagan jamoa bo’ladi va u
o’qituvchi yoki maktab ma’muriyati tomonidan rag’batlantiriladi.
O’yin o’qituvchining ushbu so’zlari bilan boshlanadi:
Insoniyatning eng qimmatli dur-gavhari-shubhasiz, bilimdir. U hamisha
insonni nochorlikdan qutqarib, ezgulikka yetaklab kelgan lekin, bizning cheksiz,
sir-sinoatda boy bu dunyoda bilganlarimiz hali ulkan bir ummondan olingan bir
tomchi suv kabidir. Buyuk fransuz matematigi Laplas: “Bilganlarimizning cheki
bor, bilolmagan narsalarimizning esa had-chegarasi yo’q” deganida juda ham haq
edi. Shu sabab ham, ingliz yozuvchisi Bernard Shoy aytganidek “bilimga eltuvchi
yagona yo’l, bu - faoliyatdir”. Shunday ekan, bilimi maromiga yetgan yoki ko’proq
blishga intilgan har bir insonni ana shunday qutlug’ faoliyatga chorlab qolamiz.
“72” ga “12” intellektual o’yini bu borada sizning yaqin ko’makchingiz bo’lib
qolishiga umid qilamiz.
Shundan so’ng o’qituvchi jamoalar tarkibini e’lon qilib, ularni o’yin stollari
atrofiga chaqiradi. O’yin qoidalari bilan tanishtirib, jamoalar qay tartibda o’yinni
boshlashini aniqlab olgach I bosqichni quyidagicha e’lon qiladi:
Ulug’ rus yozuvchisi Maksim Gorkiy “Bilimdan qudratliroq kuch yo’q. Bilim
bilan qurollangan odam yengilmasdir”, - degan edi. Men sizlarga ana shunday
kuch hamisha hamroh bo’lishini tilab I bosqichni ochiq deb e’lon qilaman. I –
raund (bong yangraydi. Bunda kamertondan foydalansa bo’ladi). Xuddi shu kabi
bosqichlar orasida u quyidalarni aytishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: |