Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi


- Laboratoriya ishi: SHaxsni yo`nalganligini o`rganish



Yüklə 189,32 Kb.
səhifə22/43
tarix07.08.2022
ölçüsü189,32 Kb.
#63047
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Labaratoriya ishlanmalari eksperimental psixologiya fanidan

9- Laboratoriya ishi: SHaxsni yo`nalganligini o`rganish
Maqsad: SHaxsni yo`nalganligini G.Ayzenk metodi yordamida o`rganish
Kerakli jihozlar: metodika namunasi, javoblar varaqasi
Shaxs xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan juda ko‘p usullar mavjud. Taqdim etilayotgan uslub esa o‘zining samaradorligi bilan alohida ajralib turadi. Mazkur test natijalari odatda ilmiy psixologiyada qabul qilingan "Ekstroversiya", "Introversiya" (ichki), "Neyrotizm" (asabiy muvozanat) holatlarining shakllanganlik darajalariga qarab talqin qilinadi. Bu talqin esa har bir shaxs tarbiyasi va taraqqiyotiga baho berish uchun ma’lum darajada xulosalar qilish imkonini beradi.
Tavsiya etilayotgan metodika asosida turli mualliflar (Kettell, Leongard, Ayzenk, Lichko) tomonidan bir xil maqsadga yo‘naltirilgan metodik ishlanma mahsuli bo‘lib, uning asosida shaxsning umumpsixologik sifatlarining namoyon etilishi yotadi.
Mazkur metodika G.Ayzenkning 60 talik savolnomasi (o‘smirlik varianti)ga tayangan holda shaxsda “Ekstroversiya” va “Neyrotizm” holati namoyon etilishi va uning o‘zaro nisbati (ustunligi) natijalari asosida har bir o‘smir shaxsi uchun xarakterli bo‘lgan shartli variantlar belgilanadi va shu variantlarga mansub o‘smirlar xarakterini psixologik jihatdan muhofaza uchun olib borilishi lozim tavsyalar ko‘lami ishlab chiqiladi va taqdim etiladi.
Ish bosqichlari:
1. Testini o‘tkazish.
2. Olingan ma’lumotlarni (“ha”, “yo‘q” tartibidagi) hisoblash.
3. Natijalarni maxsus jadvalga mos belgilash.
4. “Yolg‘on” shkalasiga tushgan ma’lumotlarni aniqlash (5 baldan yuqori bo‘lsa).
5. Tegishli xulosalar chiqarish.
KO‘RSATMA (amaliy psixolog uchun): Taqdim etilgan savolnomaning har bir savoliga sinaluvchi ko‘p o‘ylamasdan “ha” yoki “yo‘q” deb javob berishi kerak.
Javob savolnoma varaqasining tegishli raqami oldiga qo‘yiladi.
Mazkur metodika 12-17 yoshli o‘quvchilarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:
1. Sinf jamoasini tanlashda. 2. Sinfga yangi kelgan o‘smir bilan tarbiyachini (o‘qituvchini) tanishtirishda. 3. Turli xil kasb tanlash va unga yo‘naltirishda. 4. O‘smirga individual munosabatda bo‘lishda. 5. Pedagogik amaliyotdagi “o‘quvchi - o‘qituvchi”, “o‘quvchi-sinf” o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarni yaxshilashda. 6. O‘smir xulq-atvorini o‘rganish va tarbiyalashda va xokazo.

Yüklə 189,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin