Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/47
tarix27.09.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#149654
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
2.Klaster metodi

Klaster inglizcha so’z bo’lib (kluster) bosh, bir shingil, popuk ma'nosini anglatadi.
Klaster - bu ma'lum mavzu bo’yicha erkin va ochiq fikrlashning notekis shaklidir. 
1 Qadam: Yangi mavzuning asosiy tushunchasi aylana (elips) shaklidagi chizma 
ichida yoziladi. Masalan yangi mavzu "Temperatura" bo’lsa quyidagicha daftarlariga 
chizish va yozish taklif etiladi. 
2 Qadam: o’quvchilarga temperatura (harorat) deganda ko’z oldingizga kelgan
fikrlarni chiziqchalar yoniga yozish taklif etiladi. (Bunda o’quvchi rasmini chizsa ham 
ruxsat beriladi).
Temperatura


14 
3 Qadam: Taqdimot o’tkaziladi. Bunda o’quvchilar tomonidan yozilgan fikrlar 
umumlashtirib aytib beriladi. (Guruhdan 1 o’quvchi spiker aytib beradi). Bu fikrlarni 
doskada bo’r yoki plakatda flomasterlar bilan yozish mumkin. 
4. Qadam: Yangi mavzu o’rganiladi. 
5. Qadam: Darsni mustahkamlash bosqichida o’quvchilarga quyidagi topshiriq
beriladi. q·izil rangli ruchkalaringizni (yashil, qora bo’lsa ham bo’ladi) olib yangi 
o’rganilgan tushunchalar bilan boyiting. 
6. Qadam: Guruhlar taqdimoti o’tkaziladi. Spikerlar qo’shimcha yozganlarni (o’qib)
aytib beradilar. Doskada (boshqa rangli bo’r bilan) yoki plakatda boshqa rangli 
flolmasterlar bilan o’quvchilarning qo’shimcha aytgan fikrlari yozib boriladi. 
7. Qadam: o’qituvchi umumlashtiradi qo’shimcha adabiyotlardan foydalangan holda
klasterga yana qo’shimcha kiritishi mumkin. (Bu o’qituvchining mahoratiga bog’liq). 
 
3.Tushunchalar asosida bashorat qilish metodi 
Yangi mavzu bo’yicha yoki laboratoriya ishi mavzusi bo’yicha asosiy 
tushunchalar to’rtburchak shaklida chizilganlar ichida yoziladi. Masalan: Moddaning
zichligini aniqlash laboratoriya ishi bo’lsin. 
1. Qadam: quyidagilar laboratoriya ishi daftariga yoziladi (sana, mavzu, maqsad, 
jihozlar). O’quvchilarga quyidagi tushunchalar asosida o’z fikrlaringiz ya'ni
taxminlaringizni yozing deb taklif beriladi. 
(o’quvchi laboratoriya ishini bajarish bo’yicha taxminlarini yozadi). 
2. Qadam: Ishni bajarish tartibini o’qiydi va laboratoriya ishini bajaradi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin