1
Interfaol metodlar tushunchasi
Interfaol metodlar tushunchasi
- “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
ning III bosqich vazifalaridan biri ta’lim jarayoniga ilg`or
pedagogik texnologiyalarni
olib kirishdir. Hozirgi kunda ilg`or pedagogik texnologiya elementi bo`lgan interfaol
usullardan keng foydalanilmoqda. Interfaol – inglizcha “inter” so`zidan olingan bo`lib,
“orasida” , “o`rtasida” degan ma’noni
anglatadi, ya’ni ikki narsa o`rtasidagi faollik
degan ma’noni bildiradi. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o`quvchilar
hamda
o`qituvchi o`rtasidagi faollikni oshirish orqali o`quvchilarning bilimlarni o`zlashtirishini
faollashtirish,
shaxsiy
sifatlarini
rivojlantirish.
“Interaktiv” so`zi inglizcha, “Inter”- “o`zaro”, “akt”- “harakat, ta’sir, faollik”
ma’nolarini bildiradi.
Ta’limda interfaol metod – bu o`quvchi bilan o`qituvchi o`rtasida ta’limni
o`zlashtirish
munosabatlarini kuchaytirish, faollashtirish demakdir. Mazkur metodlar
hamkorlikda ishlash vositasida dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ular
o`quvchilarni mustakil fikrlashga undaydi Interfaol degani
bu - berilgan mavzuni
o`qituvchi va o`quvchilar orasida o`zaro hamkorlik asosida dars samaradorligini oshirish,
mustaqil fikr berish ko`nikmasini shakllantirish,
fikr-mulohaza, bahs orqali o`rganish
demakdir. Har bir o`quvchi qo`yilgan maqsadga mustaqil o`zi faol ishtirok etgan holda
yakka,
juftlikda, guruhlarda javob topishga harakat qiladi,
fikrlaydi, yozadi, so`zga
chiqadi, dalil va asoslar orqali masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa
qatnashchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi axborotni o`zlashtirishda
tanqidiy,
tahliliy yondasha oladi. O`qituvchi faqat fasilitator (yo`l-yo`riq ko`rsatuvchi, tashkil
qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini bajaradi.