Kadrlar tayyorlash milliy dasturi


VI. Muayyan holatni (vaziyatni) o’rganish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/47
tarix27.09.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#149654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
VI. Muayyan holatni (vaziyatni) o’rganish 
Bu o’qitish usuli real hayotdagi vaziyatni batafsil muhokama qilishdan iboratdir. Bu 
usul kichik guruhlarda o’tkazilib, o’qish, o’rganish, tahlil qilish, muhokama va erkin fikr 
almashish hamda qaror qabul qilish va bu qarorni boshqalarga yetkazishni taqozo qiladi. 
Qo’llanilishi: 
- dars mazmuni haqida har tomonlama o’ylab so’zlashga o’rgatishda; 
- muammoni hal qilish qobiliyati, tanqidiy fikrlash va fikr yuritishni 
shakllantirishda; 
- boshqaruv tamoyillarini namoyon qilishda. 
Afzalligi: 
- o’quvchilarning faolligi va jalb qilinishini mustahkamlaydi; 
- ta’lim olish tugagandan so’ng taqozo qilinadigan ijroni modellashtirishga yordam 
beradi; 
- o’qitishni kuzatish mumkinligi. 
VII. Tanqidiy tafakkur 
Tanqidiy tafakkur uslubi o’qituvchi qo’ygan masala yoki muammoni o’quvchi o’z 
fikrini bayon qilish, o’zgalar fikrini tanqidiy qayta idrok etish, o’z nuqtai nazarini asoslab 
berish va saqlab qolish orqali yechish yoki hal etish imkoniyatiga ega bo’lishiga 
asoslangandir. 
Qo’llanilishi: 
- o’quvchi o’z nuqtai nazarini shakllantirishga yo’naltirilgan holatlarda; 
- o’quvchiga o’z nuqtai nazari, fikrini ishlab chiqish uchun imkoniyat va fursat 
berilishida; 
- o’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda turli nuqtai nazarlarni muhokama qilish 
jarayonida. 
Afzalligi: 
- o’quvchi o’z fikrini asoslaydi
- ta’lim oluvchilarga erkin so’zlash imkonini beradi; 
- barcha fikrlar erkin tahlil qilib chiqiladi. 
VIII. Aqliy hujum 
Aqliy hujum - sinfdagi har bir o’quvchi oldiga o’qituvchi qo’ygan savol yoki 
muammo yuzasidan o’z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o’quv uslubidir. Uslub 
mohiyati “Bir kalla yaxshi, yigirma beshtasi undan yaxshi” prinsipi bo’yicha o’qituvchi 
tomonidan belgalangan muammo yoki savol yuzasidan extimol tutiladigan hamma fikrlar 
variantini bir yerga jamlay olishda bo’lib, istisno tariqasida ta’lim oluvchilarning barcha 
fikrlari, shu jumladan, aytarli to’g’ri bo’lmaganlari ham inobatga olinadi. Bu narsa bayon 
etilgan fikrlarning keyingi tahlilida o’quvchilarning qo’yilgan savol yoki muammoni 
to’g’ri tushunishlariga imkon beradi. 
Qo’llanilishi: 
- savol, topshiriq yoki muammoni hal qilishda fikrlarni erkin aytishda; 
- muammoni hal qilish qobiliyatini oshirishda; 
- o’quvchilarning faolligini oshirishda; 
- fanga kirish va asosiy mavzu mazmunini bilib olishda. 



Afzalligi: 
- aytilgan fikrlar tanqid va muhokama qilinmasligi yoki baholanmasligi; 
- o’quvchilarning mazmunning ilmiyligiga chuqurroq jalb qilinishi; 
- belgilangan vaqt doirasida barcha xohlovchilarga o’z fikrlarini bayon etish 
imkoniyatining berilishi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin