Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/47
tarix27.09.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#149654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
III. Rolli o’yinlar 



O’qitishning bu usulida o’quvchilar "real hayot" holatlarini qayta jonlantiradilar. Bu 
ularga o’z amaliy ish faoliyatlarida qo’llash mumkin bo’lgan yangi turdagi faoliyatlarni 
sinab ko’rish va tekshirish imkonini beradi. 
Qo’llanilishi: 
- yangi turdagi faoliyatni sinash imkonini ko’rsatishda; 
- o’quvchilarni nazariyani amaliyotda qo’llab ko’rishga o’rgatishda; 
- o’quvchilar faolligini yanada oshirishda. 
Afzalligi: 
- “real hayot” ning qayta tiklanishi
- o’quvchilarning mavzuga chuqurroq jalb qilinishi; 
- o’quvchilarning muammoga boshqacha yondoshuvini ko’rish imkonini berishi. 
IV. Guruh munozarasi 
O’qitishning bu usuli o’quvchilarning o’zaro muloqoti va fikr almashuviga 
asoslangan. Bunda guruhda tahlil qilish, baholash va tekshirish asosida muayyan mavzu 
yoki saviya ishlab chiqiladi. 
Qo’llanilishi: 
- qiziqishni kuchaytirish va o’ylash, fikr yuritishga chorlashda; 
- ma’ruza, o’qish va boshqa usullarni mustahkamlashda; 
- mashg’ulot mazmunining asosiy qismini ishlab chiqishda; 
- muammoning ko’zda tutilgan qarorini ishlab chiqishda; 
- yakun yasash yoki tekshirishni amalga oshirishda
- mavzu tushunarliligini baholashda; 
- o’quvchilarni kelgusi darsga tayyorlashda. 
Afzalligi: 
- o’quvchilarda qiziqishni orttiradi va darsga jalb qilinishni 
mustahkamlaydi; 
- o’quvchilar fikr va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo’ladilar. 
V. Modifikatsiyalangan - shakli
o’zgartirilgan ma’ruza 
Bu o’qitish usulida o’qituvchi mavzu mazmunini og’zaki nutq orqali o’quvchilarga 
yetkazadi, formulalar chiqarishda o’quvchilar bilan muloqot olib boradi. Ammo, 
an’anaviy ma’ruzadan farqi - o’qituvchi va o’quvchi orasida muloqot ketadi. 
Qo’llanilishi: 
- o’quvchilarga umumiy axborot berish uchun
- fanga kirish va asosiy materiallarni berish uchun; 
- qaysidir turdagi faoliyatni boshlashdan oldin, namoyish qilish, rolli o’yin va 
boshqa turdagi usullarni qo’llashdan oldin; 
- ta’rif, qoida, formulalarni masala yoki laboratoriya ishlarida qo’llashni namoyish 
qilish uchun. 
Afzalligi: 
- tezkorlik bilan amalga oshirilishi
- darsga kerak bo’lgan ko’rgazmali qurollar, ko’rsatma materiallarning
tayyorlanishi; 
- katta guruhlarda samaraliligi; 
- kam resurslarni talab qilishi; 
- boshqa usullar bilan birgalikda qo’llash mumkinligi; 



- vaqtni yengil boshqara olishi; 
- guruhni birgalikda ushlash imkonini berishi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin