2.Botib qoluvchi tip: bu shaxs kamgap, muloqotchanligi sust, pand- nasihat qilishni sevuvchi. Ko‘pincha boshqalarning o‘ziga bo‘lgan munosabatini nohaq deb iztirob chekadi. Shu bois odamlarga nisbatan sergak va ishonqiramaydigan, tez xafa bo‘ladigan, ko‘ngli nozik, gumonsurovchi, qasdini olmay qo‘ymaydigan, xafagarchilikdan chiqa olmaydigan. Boshqalarni mensimay tez-tez mojarolar sababchisi bo‘ladi. Izzattalabligi avj olib o‘z manfaatlarini qat`iy himoya qiladi. o‘z bilganidan qolmaydigan, har bir ishda yuksak ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritishga harakat qiladi, o‘z maqsadiga erishishda tinimsiz. Haqparast, rashkchi, hadiksirovchi. Affektga moyillik - asosiy xususiyati. Motorika, tafakkur, affektlarning namoyon bo‘lishi inert.