3. Pedantik tip: Psixik jarayonlari inert, vazmin, psixologik travmadan uzoq muddat chiqa olmaydigan. Mojarolarda kamdan-kam qatnashib, ko‘pincha passiv tomonda bo‘ladi. Biror-bir tartib buzilgudek bo‘lsa qattiq hayajonga tushadi. Xizmat jarayonida qat`iy byurokrat, atrofdagilarga ko‘p rasmiy talablar qo‘yadi. Saranjom-sarishta, ozoda, tozalikka alohida e`tibor beradi, mayinkor. ishga vijdonan yondoshadi, rejaga qat`iy rioya qiladi, xatti-harakatlari og‘ir, bosiq, ishning yuqori darajadagi sifatini ko‘zlaydi, o‘zini qayta-qayta tekshiradi, bajarilgan ishni to‘g‘riligidan shubhalanadi. Rasmiyatchi. Liderlikni boshqalarga berib yuboradi.