Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi


Savolnoma. (Yoshi kattalar uchun)



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə40/63
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#37470
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63
Laboratoriya

Savolnoma.

(Yoshi kattalar uchun)

1. Kayfiyatingiz ko‘pincha shodon va beparvomi?

2.Xafagarchilikka beriluvchanmisiz?

3.Ba’zan tezda yig‘lab yuborganmisiz?

4.Qilayotgan ishlaringizda o‘zingizni doimo haq deb hisoblaysizmi va shunga ishonch hosil qilmaguncha tinchlanolmaysizmi?



5. Bolalikka qaraganda hozir ancha dovyurakmisiz?

6.Sizning kayfiyatingiz sevinch ichiga sig‘maydigan darajadan to chuqur qayg‘ugacha o‘zgarishi mumkinmi?

7. Davrada diqqat markazda bo‘lasizmi?

8. Hech bir asossiz g‘azablanib, achchiqlanib hech kim bilan gaplashishni istamay yurgan kunlaringiz bo‘ladimi?

9. Siz jiddiy odammisiz? ‘

10.Kuchli to‘lqinlanishingiz mumkinmi?

11. Tadbirkormisiz?

12. Sizni xafa qilsalar esdan chiqarasizmi?

13.Ko‘ngli bo‘sh odammisiz?

14. Pochta qutisiga xatni tashlagandan keyin tirqishda osilib qolmaganini tekshirishga harakat qijasizmi?

15.Ishni doimo ipidan ignasigacha bajarishga intilasizmi?

16.Bolalikda itlardan yoki momaqaldiroqdan qo‘rqqanmisiz?

17. Boshqa odamlar bir-biriga talabchan emas deb hisoblaysizmi?

18. Kayfiyatingiz hayotiy voqea va kechinmalarga judayam bog‘liqmi?

19. Tanishlaringiz bilan doimo ochiqdan-ochiq munosabatda bo‘lasizmi?

20.Kayfiyatingiz tez-tez tushkunlikda bo‘ladimi?



21. Bundan oldin asablaringiz susayganmi?

22. Kuchli bezovtalik yoki ehtirosli intilishlar bo‘lib turadimi?

23.Uzoq vaqt stulda o‘tirish siz uchun qiyinmi?

24.Sizga nisbatan adolatsizlik qilinsa, manfaatlaringiz uchun kurashasizmi?

25.Odam o‘ldirib bilarmidingiz?



26. Qiyshiq osilgan parda yoki notekis yoyilgan dastarxon shunchalik g‘ashingizga tegadiki, o‘sha zahoti to‘g‘rilab qo‘yishni istaysiz.

27.Bolalikda uyda yolg‘iz qolganda qo‘rquv his etganmisiz?

28.Kayfiyatingiz tez-tez asossiz o‘zgarib turadimi?

29.O‘z faoliyatingizga doimo tirishqoqlik bilan yondashasizmi?

30.Jahlingiz tezmi?

31.Cheksiz shodu hurramlikka berilib bilasizmi?



32. Xursandchilik hissiga butkul singa olasizmi?

33.Quvnoq tadbirlarni o‘tkaza olasizmi?



34. Odatda o‘z fikringizni odamlarga ochiq-oydin aytib bera olasizmi?

35.Qonni ko‘rsangiz sizga ta’sir qiladimi?

36.Katta mas’uliyat bilan bog‘liq ishlar sizga yoqadimi?

37.Adolatizlikka duchor bo‘lgan odamni himoya qiladigan odatingiz bormi?

38.Qorongg‘i erto‘laga kirishga qiynalasizmi?

39. Qora mehnatni ham o‘zingiz yaxshi ko‘rgan ishdek astoydil va shoshilmasdan bajarasizmi?

40.Siz muloqotchanmisiz?

41.Maktabda she’rxonlikni yoqtirarmidingiz?

42.Bolalikda uydan qochganmisiz?

43.Siz uchun hayot og‘ir narsadek tuyuladimi?



44.Ishga borolmaydigan darajada asablaringizni charchatgan mojaro va ko‘ngilsizliklar bo‘lganmi?

45. Sizni muvaffaqiyatizlikda yumorni yo‘qotmaydigan odam desa bo‘ladimi?

46.Sizni haqorat qilgan odam bilan yarashish uchun o‘zingiz birinchi qadam qo‘yasizmi?

47. Hayvonlarni yaxshi ko‘rasizmi?



48. Siz uchun ishda yoki uyda biror-bir noxushlik ro‘y bersa u yerdan ketasizmi?

49.O‘zingiz yoki qarindoshlaringiz bilan biror-bir baxtsizlik sodir bo‘ladi degan noaniq hislar sizni xavotirga soladimi?

50.Kayfiyat ob-havoga bog‘liq deb hisoblaysizmi?

51.Ko‘p tomoshabinlar oldida sahnaga chiqishga qiynalasizmi?

52.Sizni atayin qo‘pol holda jahlingizni chiqarishsa, o‘zingizni yo‘qotib, qo‘lingizga erk bera olasizmi?

53.Muomala-muloqotda ko‘p bo‘lasizmi?

54.Biror narsadan ko‘nglingiz qolsa tushkunlikka tushasizmi?

55.Tashkilotchilik ishlari sizga yoqadimi?



56.Yo‘lingizda ko‘p to‘sqinliklar paydo bo‘lsa ham maqsadingizga astoydil intilasizmi?

57.Kinofilm tomoshasiga chunonan berilasizki, ko‘zingizga yosh qalqib ketadi?

58. Agar kun bo‘yi o‘z kelajagingizni yoki biror-bir muammoni o‘ylagan bo‘lsangiz uyqungiz etolmay qiynalasizmi?

59. Maktab chog‘ida o‘rtog‘laringizdan uy vazifasini ko‘chirganmisiz?

60. Kechasi qabristonga borishga qiynalasizmi?



61 Uyda har bir narsa o‘z joyida bo‘lishini diqqat bilan nazorat qilasizmi?

62. Yaxshi kayfiyatda uyquga ketib, lekin ko‘ngli g‘ash bo‘lib uyg‘ongan bir necha soat shu ahvolda bo‘lganmisiz?

63. Yangi vaziyatga oson moslasha olasizmi?

64. Bosh og‘rig‘iga moyilligingiz bormi?

65. Tez-tez kulasizmi?



66.Chin munosabatingizni oshkor etmasdan odamlarga xushmuomalali bo‘la olasizmi?

67. Sizni chaqqon va harakatchan desa bo‘ladimi?

68.Nohaqlikdan qattiq iztirob chekasizmi?



69. Sizni tabiatni chin ko‘ngildan sevuvchilardan desa bo‘ladimi?

70. Uxlash yoki chiqib ketish oldidan gaz, svet o‘chganini, eshik yopiqligini tekshiradigan odatingiz bormi?

71.Qo‘rqoqmisiz?

72.Ob’ektiv sabablar bo‘lmasa ham ba’zan boshingiz osmonga etgandek his qilasizmi?

73.Yoshlikda badiiy havaskorlik, teatr to‘garaklarida qatnashishni yoqtirarmidingiz?

74.Uzoq-uzoqlarga tikilib turasizmi?



75.Kelajakka pessimistik munosabatdamisiz?

76.Kayfiyatingiz qisqa muddat ichida yuksak xursandchilikdan chuqur qayg‘ugacha o‘zgarishi mumkinmi?

77.Do‘stlar davrasida sizning kayfiyatingiz oson ko‘tariladimi?

78. Qahr-g‘azabingiz uzoq davom etadimi?



79. Boshqa odam baxtsizlikka duchor bo‘lsa, siz qattiq iztirob chekasizmi?

80. Maktab davrida daftarni varag‘iga dog‘ tushsa shu varag‘ni qayta ko‘chiradigan odatingiz bormidi?

81. Sizni ko‘proq ehtiyotkor va ishonqiramydigan odam desa bo‘ladimi?

82. Siz tez-tez bosinqirab qo‘rqinchli tushlar ko‘rasizmi?

83. O‘zingizni poyezd tagiga yoki derazadan tashlash fikri paydo bo‘lganmi?

84.Quvnoq muhitda siz ham shodu-hurram bo‘lasizmi?

85.Mushkul muammolarni oson chetga surib, ular haqida o‘ylamay olasizmi?

86.Jahlingiz chiqsa o‘zingizni idora qilishda qiynalasizmi?

87. Indamaslikni ma’qul ko‘rasizmi (ha) yoki sergapmisiz (yo‘q).

88. Spektaklda qatnashishga to‘g‘ri kelsa, rolga to‘liq kirib o‘zingizni esdan chiqara olasizmi?


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin