XI - shkalada (emotsional labillik, o‘zgaruvchanlik) yuqori baholar yetarli o‘zini idrok qilmaslik, serjahllik, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, kayfiyatning tez-tez o‘zgaruvchanligida ko‘rinadigan emotsional holatning noto‘g‘riligini ko‘rsatadi. Quyi baholar faqatgina emotsional holatning yuqori barqarorligini tavsiflamasdan, balki o‘z-o‘zini idrok qila olishni ham ko‘rsatadi. Emotsional o‘zgaruvchanlik-barqarorlik-emotsional turg‘unlik yoki noturg‘unlik, kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, serjahllik, jo‘shqinlik, ziqlik, g‘am yoki kelajakka ishonch, xursandchilik.