I - shkala (asabiylashganlik) shaxsni asabiylashganlik darajasini belgilaydi. Yuqori baholar psixosomatik buzilishlar bilan jismoniy zaif kishilarning asabiylashganlik holatiga mos keladi. Bu omilni, psixologik terminlardan foydalanib, uni quyidagicha yanada aniqroq tavsiflash mumkin: asabiylashganlik, asabni, kasalmand, biror bir holatdan chiqib ketolmaydigan, o‘z hissiyotlariga berilgan.
II -shkala (spontan tajovuzkorlik) introtensiv turdagi psixopatik holatni aniqlash va baholashga imkon beradi. Yuqori baholar g‘ayri-ixtiyoriy xulqqa ega bo‘lgan kishilarga xos xususiyatlarni bildiradi. O‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan (spontan) tajovuzkorlik - bu tajovuzkor, beixtiyor, soddadil, chiqisha olmaydigan, murosasiz deganidir.
III - shkala (ruhiy siqilganlik) - psixopatologik, ruhiy siqilganlik holatlari uchun xos bo‘lgan belgilarga tashxis qo‘yish uchun imkon beradi. Yuqori baholar mana shu belgilarning emotsional holatda, o‘ziga va ijtimoiy muhitga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘lishini bildiradi. Depressivlik - bu ta’bixiralik, tortinchoqlik, ishonchsiz, g‘amgin, ichki azoblanish xususiyatlari yig‘indisidir.