Kerakli jihozlar: Oddiy o`rta yumshoqlikdagi uncha qattiq bo`lmagan qalam va oq qog’oz. (Rangli qalam ishlatilmaydi).
Ko`rsatma: Birinchi navbatda maktab psixologi o`quvchilar bilan umumiy tarzda samiy savol-javob o`tkazishi, ya’ni ularni topshiriqni erkin bajarishga hozirlashi lozim. So`ng bolalarga «Olamda mavjud bo`lmagan hayvon rasmini tasvirlab bering va unga mavjud bo`lmagan ism bering. Mavjud bo`lganu lekin yo`q bo`lib ketgan hayvonlarning rasmini chizish mumkin emas» - deb murojaat etiladi. Mashg’ulot olib boruvchi esa o`zi topshiriqning bajarilish jarayonini diqqat bilan kuzatadi.
Rasm chizib bo`lingandan so`ng –savol-javob orqali maksimal ma’lumot olish. Jinsi, yoshi, …….. aniqlanadi. Agressiv xarakterga ega bo`lgan detallarning ishlatilishi va nima uchun chizilgani haqida ma’lumot olishga harakat qilinadi. Hayvonlarning yashash sharoiti, ovqatlanishi, ko`payishi va dushmanlari bilan munosabatlari haqida suhbat uyushtiriladi.
Agar tadqiq qilinuvchi javobga tayyor bo`lmasa, hayvonning bir kuni haqida gapirib berish taklif etiladi.
Agar tadqiq qilinuvchi qanchalik o`zi yaratgan hayvonga yuqori baho bersa, demak u shunchalik hayvonni o`ziga yaqinlashtiradi va o`zida bor xususiyatlarni o`zi sezmagan holda chizgan rasmiga mo`ljallangan va ma’lumotlar to`plashga qaratilgan bo`lishi kerak.
Birinchi taasurotlarda – tadqiqlanuvchining emotsional holati, ichki balansdagi bazi bir holatlar, yetishmovchiliklarning mavjudligi.
Bu tadqiqotdan olingan ma’lumotlar to`la idrok qilinishi va maxsus analiz qilinishi zarur. Analiz qilinayotgan va idrok ob’ektga aylangan rasmdagi barcha detallar katta ahamiyatga ega va qimmatlidir. Umumiy taasurotda tadqiq qilinuvchini o`zi chizgan rasmga bo`lgan munosabati ham ahamiyatlidir.
Rasmning analiz ob’ektlari:
Formaligi:
a) Fazodagi semantik joylanishi rasmdagi barcha detallar katta ahamiyatga ega va qimmatlidur. Umumiy taasurotda tadqiq qilinuvchini o`zi chizgan rasmga bo`lgan munosabati ham ahamiyatlidir.
Dostları ilə paylaş: |