Kafedra: gistologiya va tibbiy biologiya fan: tibbiy biologiya va umumiy genetika odamlarda parazitlik qiluvchi sporalilar, sarkodalilar, infufo



Yüklə 178,75 Kb.
səhifə4/18
tarix07.01.2024
ölçüsü178,75 Kb.
#202140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Xusnobod opaga

Dizenteriya amyobasi
Sistematik holati:
Hayvonot olami: Hayvonlar (Animalia)
Tip: Sodda hayvonlar (Protoza)
Sinf: Sarkodalilar ( Sarcodina)
Avlod: Amyobalar (Entomoeba)
Tur: dizenteriya amyobasi (Entamoeba histolytica).
Entamoeba histolytica dizenteriya amyobiazining qo'zg'atuvchisi hisoblanadi.

Dizenteriya amyobasi-Entamoeba histolytica ning rivojlanish sikli

Balantidiya
Hayvonot olami: Hayvonlar (Animalia)
Tip: Sodda hayvonlar (Protoza)
Sinf: Kipriklilar ( Ciliata)
Avlod: Balantidiya (Balantidium)
Tur: Balantidiya kolli (Balantidium coli)

Ichak balantidiyasi-Balantidium coli

Mavzu bo'yicha vaziyatga doir masalalar: Sporalilar - odam parazitlari: bezgak plazmodiylari. Ichak parazitlari: Sarcodidae - dizenterik amyoba, kirpiksimonlar, ichak balantidiyasi.
1-masala. Shifokorga murojat qilgan bemor najasida qon borligi haqida shikoyat bilan davolash-diagnostika muassasasiga murojaat qildi. Ichakni endoskopik tekshirishida ichak devorida yaralar borligi aniqlangan. Bemorning najasini koprologik tahlil qilish natijasida Entamoeba histolytica trofozoitlari topilgan. Trofozoitning vegetativ shakllari qanday? Trofozoyitning qaysi shakli patogen? Ushbu qo'zg'atuvchining ta'sirida qon eritrotsitlarida qanday o'zgarishlar yuz beradi?
Javob: Trofozoitning kichik va katta vegetativ shakllari mavjud, katta vegitativ shakli (magna) patogendir. Bu gematofag, ya'ni eritrotsitni fagotsitlaydi.
2-masala. Aholining 40-50% da uchraydigan ichakda joylashgan, patogen bo'lmagan amyobani ayting. Bu amyobaning kistalarida nechta yadro bor? U gematofagmi?
Javob: Entamoeba coli - ichakdagi patogen bo'lmagan amyoba. Kistlarda 1 dan 16 gacha yadro mavjud. Gematofag emas.
3-masala. Erkin yashovchi amyoba tuproqda va iliq suv havzalarida uchraydi. Bu amyobalar odamga cho`milganda yuqadi va burun halqumga tushadi. Amyobani nomini Ko`rsating? Qaysi organlarni jarohatlaydi? Chaqiradigan kasallikni nomi?
Javob: Acanthamoeba gastellani va Naegleria fowleri. Burun halqum, ko`z MNS va miya pardasini jarohatlaydi. Chaqiradigan kasallik nomi-amyoba chaqiruvchi meningoensefalitdir.
4-masala. Tuman poliklinikasiga umumiy holsizlik va qonli yiring ich ketishi bilan bemor keldi.Kasllik tarixi haqida ma`lumot yig`ish paytida bemor cho'chqa boqishi ma'lum bo'ldi.Taxminiy tashxis? Kerakli tadqiqot? Profilaktikasi?
Javob: Balantidiaz. Tekshirish usuli -Korpologik. Profilaktikasi: shaxsiy-gigiena qoidalariga rioya qilish(qo'llarni yuvish, meva-sabzavotlarni yuvib iste`mol qilish, suvni qaynatib ichish)
5-masala. Homilador ayolda spontan abort kuzatildi,abort namunasi o'rganishda apelsin bo’lagi yoki yarim oy shakliga ega, uzunligi 4-7 mkm, va kengligi 2-4 mkm bo'lgan parazitlar aniqlandi. Xomilaning o'limiga nima sabab bo'ldi?

Yüklə 178,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin