Kafedra: gistologiya va tibbiy biologiya fan: tibbiy biologiya va umumiy genetika odamlarda parazitlik qiluvchi sporalilar, sarkodalilar, infufo


Javob: Toksoplazmoz. Sporogoniya tashqi muhitda kechadi, keyin yetuk oosista odam (oraliq xo'jayin) organizmiga tushadi. 10-masala



Yüklə 178,75 Kb.
səhifə6/18
tarix07.01.2024
ölçüsü178,75 Kb.
#202140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Xusnobod opaga

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Javob
Javob: Toksoplazmoz. Sporogoniya tashqi muhitda kechadi, keyin yetuk oosista odam (oraliq xo'jayin) organizmiga tushadi.
10-masala. Turmushga chiqqan yosh ayol homilador bo'ldi. Agar u yaqinda mushuk sotib olgan bo`lsa, qaysi kasallik unga xavf tug`diradi va u qanday profilaktika choralarini ko`rish kerak?
Javob: Toksoplazmozdan qo'rqish kerak. Mushukni veterinariya nazorati va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish kerak (qo'llarni yuvish, ayniqsa xom go'sht, tuproq bilan aloqa qilgandan keyin, mushukni parvarish qilgandan keyin; ko'katlarini yuvish, sabzavotlar va mevalarni yuvish)
11-masala. Qon surtmasi mikroskop ostida tekshirilganda ichida amyobasimon parazit joylashgan, soxta oyoqlari yaxshi rivojlangan eritrotsitlar aniqlandi va tasmaga o'xshash shakllar topildi. Eritrositlar hajmi o'zgarmaydi. Taxminiy tashxis?
Javob: To'rt kunlik bezgak paraziti.
12-masala. Shifokorga murojat qilgan bemor najasida qon borligi haqida shikoyat bilan davolash-diagnostika muassasasiga murojaat qildi. Ichakni endoskopik tekshirishida ichak devorida yaralar borligi aniqlangan. Bemorning najasini koprologik tahlil qilish natijasida Entamoeba histolytica trofozoitlari topilgan. Trofozoitning vegetativ shakllari qanday va qaysi shakli patogen? Ushbu qo'zg'atuvchining ta'sirida qon eritrotsitlarida qanday o'zgarishlar yuz beradi?
Javob: Trofozoitning kichik va katta vegetativ shakllari mavjud, katta vegitativ shakli (magna) patogendir. Bu gematofag, ya'ni eritrotsitni fagotsitlaydi.
13-masala. Aholining 40-50% da uchraydigan ichakda joylashgan, patogen bo'lmagan amyobani ayting. Bu amyobaning kistalarida nechta yadro bor? U gematofagmi?
Javob: Entamoeba coli - ichakdagi patogen bo'lmagan amyoba. Kistlarda
1 dan 16 gacha yadro mavjud. Gematofag emas.
14-masala. Erkin yashovchi amyoba tuproqda va iliq suv havzalarida uchraydi. Bu amyobalar odamga cho`milganda yuqadi va burun halqumga tushadi. Amyobani nomini ko`rsating? Qaysi organlarni jarohatlaydi? Chaqiradigan kasallikni nomi?
Javob: Acanthamoeba gastellani va Naegleria fowleri. Burun halqum, ko`z MNS va miya pardasini jarohatlaydi. Chaqiradigan kasallik nomi amyoba chaqiruvchi meningoensefalitdir.
15-masala. Tuman poliklinikasiga umumiy holsizlik va qonli yiring ich ketishi bilan bemor keldi. Kasllik tarixi haqida ma`lumot yig`ish paytida bemor cho'chqa boqishi ma'lum bo'ldi.Taxminiy tashxis? Kerakli tadqiqot? Profilaktikasi?
Javob: Balantidiaz. Tekshirish usuli -korpologik. Profilaktikasi: shaxsiy-gigiena qoidalariga rioya qilish(qo'llarni yuvish, meva-sabzavotlarni yuvib iste`mol qilish, suvni qaynatib ichish)
16-masala. Homilador ayolda spontan abort kuzatildi,abort namunasi o'rganishda apelsin bo’lagi yoki yarim oy shakliga ega, uzunligi 4-7 mkm, va kengligi 2-4 mkm bo'lgan parazitlar aniqlandi. Xomilaning o'limiga nima sabab bo'ldi?

Yüklə 178,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin