(ish,xizmat)lar tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga
Shuning uchun auditor har bir xarajat elementi tarkibining «Nizom»ga
muvofiqligiga ishonch hosil qilishi lozim.
mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tayyorlash (ishlarni bajarish
va xizmatlarni ko’rsatish)da zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olingan
34
xom-ashyo va materiallar,butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar,ish va
xizmatlar hamda Nizomda belgilangan boshqa xarajatlar kiradi.(1.1.1-1.1.10
bandlar)
Auditor qaytarib olinadigan chiqindilar qiymati va idish hamda o’rash
materiallari qiymati ularni sotish,foydalanish yoki omborga kirim qilish mumkin
bo’lgan narxda baholanib,mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar
xarajatlaridan
chegirib
tashlanganligini
aniqlashi
zarur.(1.1.11-band).
Shuningdek,mazkur element bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati
ularni
sotib
olish
narxidan,
ie
jumladan
qo’shimcha
narx(ustama)dan,ta’minlovchi,tashqi
iqtisodiy
tashkilotlarga
to’lanadigan
vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan,shu jumladan
brokerlik xizmatlari bilan birga,bojlar va yig’imlardan, yuklash-tushirish hamda
tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan
saqlash va etkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanishini ham nazarda
tutishi zarur(1.1.12-band).
Bulardan tashqari auditor mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilgan
moddiy resurslarni baholashning to’g’riligini ham tekshirishi kerak. №4-«Tovar-
moddiy zahiralar»nomli BHMSga muvofiq har bir xo’ alik yurituvchi sub’ekt
materiallarni baholash usullaridan (FIFO, AVECO)birini tanlaydi va hisob yuritish
siyosatida aks ettiradi.
Auditor tomonidan hisob siyosatiga mos ravishda material xarajatlari
tannarxga olib borilishini ham tekshirish lozim. Masalan, TEH-KOMPUTER
PLUS korxonasi tomonidan kompyuter detallari bo’yicha quyidagicha ma’lumotlar
keltirilgan (korxonada FIFO usulidan foydalaniladi):
«NAZORAT AUDIT» auditorlik tashkiloti auditori tekshirishda buxgalter
qaysi usuldan foydalanib materiallarni tannarxga olib borayotganligiga e’tibor
bergan. Yuqoridagi misolda korxonada hisob siyosatiga muvofiq FIFO usulidan
foydalanish lozim bo’lsada, unga rioya qilinmagan. Bu erda oy oxiriga qoldiq
366600 so’m (12*28300+1*27000) bo’lishi lozim edi. Tabiiyki, mahsulot
tannnarxida ham 61100 so’m tafovut vujudga keladi. Bu mahsulot tannarxini
35
oshishini ta’minlab to’lanishi lozim bo’lgan soliqni kamaytiradi. Bu esa ancha
salbiy vaziyatga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: