4-jadval
Xom ashyoni sotib olish davri va qiymati
9
Detallar sotib olingan
sana
dona
Har birining
qiymati
Umumiy summa
7 mart
15
23500
352500
15 mart
18
27000
486000
28 mart
12
28300
339600
Jami
45
1178100
Oy oxiriga qoldiq, dona
13ta
Oy oxiriga qoldiq, so’mda
13*23500 = 305500
Oy davomida qabul qilingan detallar qiymati
Minus: oy oxiridagi qoldiq
Mahsulot tannarxiga olib borilgan detallar tannarxi
1178100
305500
872600
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlarining tarkibi
«Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom»da batafsil berilgan. (1.2.1-1.2.3.(1.2.3.1-
1.2.3.8)-1.2.5.(1.2.5.1-1.2.5.4)-1.2.7 bandlar).
10
Mahsulotlar tannarxining mazkur elementini tekshirishda aniqlanadigan
asosiy xato-bu xarajatlarning ishlab chiqarish yo’nalishi tamoyiliga rioya
qilmaslikdir. Auditor ish haqi hisoblashga doir dastlabki hujjatlar (ish vaqtini
hisobga
olish
tabeli,ishbay
ishlar
uchun
naryadlar,hisoblashuv-to’lov
vedomostlari)ni tekshirish chog’ida boshqa faoliyat turlari (qurilish,madaniy-
maishiy va sh.o’)da band bo’lgan xodimlarning mehnatiga haq to’lash
xarajatlarining asosiy faoliyatdagi mahsulotlar tannarxiga qo’shilish faktlarini
aniqlashi kerak. Bunga 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-
9
Jadval TEH-KOMPUTER PLUS korxonasi ma`lumotlari asosida tayyorlangan
10
«Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xara atlari tarkibi hamda moliyaviy nati alarni
shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizom, 1999 yil 5 fevral. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №
54-sonli Qarori. O’zbekiston Respublikasining Moliyaviy Qonunlari, №4, 1999.
36
kitoblar» va 6720-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarining krediti bo’yicha
ma’lumotlarning ishlab chiqarishga olib borilgan qismini, yig’ma mehnat haqi
vedomostining uni hisoblash qismi bo’yicha jami ko’rsatkichlari bilan solishtirish
orqali erishiladi. Qoidaga ko’ra, yig’ma vedomostning jami ma’lumotlari, ishlab
chiqarish
xarajatlarini
hisobga
oladigan
schyotlarning
debeti
bo’yicha
ma’lumotlarga qaraganda ko’p bo’lishi lozim.
Auditor xatoliklarni aniqlash bilan birga ish haqi hisoblashda maqbul yo’llar
bo’yicha takliflar ham berishi lozim. Masalan, TEH-KOMPUTER PLUS
korxonasida 15 ta ishchi band bo’lib, soatbay ish haqi stavkasi – 1500 so’m va bu
normativ stavka bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga korxonada premiyali
(rag’batli) to’lov turi ham mavjud, unga ko’ra 100% dan oshgan samaradorlik
darajasining yarmi miqdorida soatbay ish haqiga nisbatan to’lanadi, ya’ni agar
samaradorlik darajasi 110% ni tashkil etsa, soatbay ish haqi 1575
(1500+1500*5%) so’mni tashkil etadi. Oy davomida korxonada 154 ta kompyuter
172 soatda yig’ildi. Normativ bo’yicha esa soatiga 0,7 ta kompyuter yig’ilishi
lozim edi. Bunda norma bo’yicha korxonada 120ta kompyuter yig’ilishi lozim edi.
Korxonada esa soatiga 0,9 (154:172) ta kompyuter yig’ilgan. Ya’ni samaradorlik
130% ni (0,9:0,7) tashkil etgan. Ishchilarga norma doirasida 258000 (172*1500)
so’m to’lanadi, shu bilan birga 38700 (172*1500*15%) so’m rag’batlantirish
summasi ham to’lanadi. Korxonalarda bunday usullarni qo’llash korxona
samaradorligini oshirishda albatta sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari elementiga
byudjetdan tashqari majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan me’yorlarga
muvofiq ajratiladigan to’lovlar kiradi. Masalan, mehnat haqi fondidan sug’urta
fondiga majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya amg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy
sug’urta va sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar, bandlik xizmatiga ajratmalar
shular jumlasidandir. Bunday ajratmalarning mahsulotlar tannarxiga olib
borilishini tekshirishda byudjetdan tashqari fondlarga to’lanadigan badallarni
hisoblab chiqarish manbalarining mehnat haqi fondining o’zini hisoblab chiqarish
manbasiga bevosita bog’liq ekanligiga e’tibor berish zarur. Boshqacha qilib
37
aytganda, to’lov manbasi qanday bo’lsa, badallarni to’lash manbasi ham shunday
bo’ladi, bu esa yoxud tannarx,yoxud korxonaning o’z xususiy mablag’lari bo’lishi
mumkin. Masalan, tekshiruv jarayonida auditor asosiy ishlab chiqarishda
ishlaydigan ishlovchiga bergan 80000 so’mlik moddiy rag’batlantirish summasi
hamda shu summaga nisbatan hisoblangan byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlar
summalari(ijtimoiy sug’urta fondiga 24%- 19200 so’m, bandlik xizmatiga 2,5% -
2000 so’m) ham mahsulot tannarxiga olib borilgan (Dt 2010 Kt 6710 - 80000 s ,Dt
2010 Kt 6520 - 19200 so’m, Dt 2010 Kt 6530 - 2000 so’m).Auditor ushbu xo’ alik
muomalalari bo’yicha tuzilgan schyotlar korrespondentsiyasini noto’g’ri deb
topib,jami 101200 so’mga mahsulot tannarxi asossiz oshirilgan va natijada soliqqa
tortiladigan baza shu summaga kamaytirilganligini isbotladi.
Moddiy rag’batlantirish summasi (80000 s) va u bo’yicha hisoblangan
barcha ajratmalar (19200 s) mahsulot tannarxiga qo’shilmasdan, korxonaning o’z
mablag’lari ya’ni moddiy rag’batlantirish uchun ajratilgan fond hisobidan
qoplanishi kerak.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlar eskirishi elementi bo’yicha xarajatlar tarkibiga asosiy ishlab chiqarish
vositalarining, shu jumladan moliyaviy lizing asosida olinganlarni ham qo’shgan
holda dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan belgilangan tartibda tasdiqlangan
me’yorlar,
jadallashtirilgan
amortizatsiyani
ham
qo’shib, hisoblangan
amortizatsiya ajratmalari (hisoblangan eskirish) summalari kiradi.
Ta’kidlash joizki, №5 -«Asosiy vositalar»nomli BHMSga muvofiq asosiy
vositalarga amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya qilinadi:
Dostları ilə paylaş: |