3.2. Ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazishda axborot
texnologiyalarini qo’llash
Auditorlik faoliyatini kompyuter texnalogiyalari asosida tashkil etish
faqatgina mablag’ va vaqtnigina tejamasdan, qo’lda olinishi qiyin bo’lgan
69
axborotlarni ham operativ olshiga yordam beradi. Bu axborotlar asosan xo’ alik
yurituvchi sub’ektning butun strategiyasini, moliyaviy-xo’ alik faoliyatini
yaxshilash yo’llarini aniqlashga taalluqlidir. Kompyuterning hisoblash quvvatidan
foydalanish natijasida o’tgan hisobot davri ma’lumotlari asosida hisobot davrida
xo’ alik yurituvchi sub’ekt rahbariyati qanday yo’l tutishi lozim, hamda hisobot
davridan keyingi davrda raxbariyat qanday yo’l tutishi lozimligi xaqida aytib
berish mumkin.
Elektron hisoblash mashinalari hozirigi vaqtda hisob-kitob ishlarini amalga
oshirishda qo’llanishi bilan birga hisob ma’lumotlarini yig’ish, ularni qayta
ishlash, jamlama va tahliliy hisob registrlarini tuziish, hisobot shakllarini to’ldirish,
auditorlik ishchi xujjatlarini yuritish, auditorlik xulosalari va hisobotlarini
to’lg’azish va boshqa bir qancha ishlarni bajarshda keng qo’llanilmoqda.
Amaliyotda komp’yuterlardan keng foydalanish buxgalteriya hisobi va auditni
tashkil qilishning yangi usullarini vujudga keltiradi. Hozirgi davrda audit
vazifalarini axborot texnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda tashkil qilish
quyidagilarni ta’minlaydi:
foydalanuvchining ish joyida o’rnatilga kompyuterlarni qo’llash, bu
erda vazifalarni echish auditor tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi;
auditorlik tashkilotining iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan xolda
ishlab chiqilishini ta’minlovchi maxalliy va ko’p bosqichli hisoblash tarmoqlarini
shakllantirish;
hisoblash texnikasida bajariladigan auditorlik hisoblashlar tarkibini
ko’paytirish;
auditorlik kompaniyasi uchun korxonaning yagona taqsimlangan
ma’lumotlar bazasini yaratish;
qog’ozsiz texnologiyalarga o’tish xujjatlarini yig’ish hamda ro’yxatga
olish operatsiyalar mehnattalabligi darajasini kamaytiradi;
audit vazifalarini echshni integratsiyalash;
70
dialogli usulda amalga oshirish yo’li bilan axborot xizmat ko’rsatishni
tashkil etish imkonyati.
Hisob tizimi va hisobotni shakllantirilishini tashkil etilishini nazorat qilishda
auditor turli ko’rsatkichlarni metodik hisoblanish tartiblarini, jumladan, soliq
stavkalarini, koeffitsientlar, qonunchilikni va boshqa me’yoriy xujjarlarni bilishi
talab etiladi. Yana hisobning turli uchastkalarida hisoblanadigan ko’rsatkichlar
tizimini bilishi lozim. Nazorat muolajalarining tipik shakllarini mavjudligi audit
jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatini yuzaga keltiradi, bu esa albatta auditorlik
tashkilotlarini ish sifatini samaradorligini oshirishga imkon tug’diradi.
Kompyuterning xotirasida ko’plab me’yoriy-xujjatlarni saqlab qolishi, bir tarafdan
auditor imkoniyatlarini kengaytirsa, boshqa tarafdan auditor qo’lida kuchli dastak
bo’luvchi maslahat-nazort tizimini yaratadi.
Jahon amaliyotida, auditorlik faoliyatini avtomatlashtirishda dasturlar
quyidagi kompanentlardan iborat bo’lishi lozim:
audit jarayonida aks etuvchi iqtisodiy-matematik, iqtisodiy-tashkiliy
va axboriy modellardan;
modellarni shakllantirishni ta’minlovchi texnik, dasturiy, axborot va
boshqa vositalar.
Yuqoridagi kompanentlardan kelib chiqib kompyuterlashgan tizim ikki
qismdan funktsional va ta’minlovchi qismdan iborat bo’ladi. Funktsional qismida
audit o’tkazish jarayonining axborot va matematik modellarini metodikalari va
yo’llari metodik jamlanmasidan tashkil topadi. Ta’minlovchi qismi audit
funktsiyalarini amalga oshirishda zarur bo’luvchi, dasturiy, axboriy, texnik va
boshqa to’ldiruvchi qismlardan iborat bo’lishi lozim.
Kompyuter tizimining funktsional qismini to’liqroq yoritadigan bo’lsak, u
bir qancha vazifalar kompleksidan tashkil topadi masalan:
audit turi (ichki, tashqi);
audit funktsiyasi (nazorat-reviziya, baxolash-maslahat, maslahat-
pragnozlash va x.);
71
audit uchastkasi (hisob tizimi, xujjatlashtirish, nazorat tizimi va x.).
Auditni kompyuterlashgan tizimini tashkil etish uni nima maqsadga erishish
uchun mo’l allanganidan kelib chiqadi. Maqsaddan kelib chiqqan xolda
ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Ma’lumotlar bazasi quyidagicha tashkil etilishi mumkin:
standart operatsion tizimlar va qo’shimcha dasturlar taxlil qila
oladigan bir tipdagi xujjatlarni maxalliy fayllarini yig’ish;
maxsus kreteriyalarga javob beruvchi birlamchi xujjatlar axborotlar
bazasi sifatida;
logik programmalar vositalari yordamida yoki bashqa dasturiy tizimlar
yordamida qayta ishlanuvchi ekspert-auditor bilimlarini qoidaviy shakli, qoidalar
bazasi.
Shuni ta’kidlab o’tish mumkinki xozirgi vaqtda axborot texnalogiyalari
bozorida ko’pgina audit dasturlari ishlab chiqilmoqda va takomillashtirilmoqda,
jumladan “IT Audit”, “AuditNet”, “AuditPro”, “AuditSystem/2™”.
Auditni axborot texnalogiyalari asosida o’tkazish jarayonida auditor
quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim, ya’ni operatsiyalar kompyuter tomonidan
to’g’ri bajarilayotganligini, operatsiyalarning yo’qotilmagani, qo’shilmaganligi,
o’zgartirilmaganligi, xatolarni o’z vaqtida tuzatilganligi, bajarilish natijalarini
aniqligi, axborotga begona shaxslarning kirishi cheklanganligiga.
Biziningcha auditini avtomatlashtirilgan tizmilarini va dasturlarini ishlab
chiqishda mavjud audit institutlari faol ishtirok etishi lozim. Ularning asosiy
faoliyati auditni dasturiy ta’minot tizimi bo’yicha kadrlar tayyorlashga qaratilishi
lozim.
Auditorlik faoliyatini takomillashtirishning eng asosiy yo’llaridan biri –
auditni avtomatlashtirishdir. Hamma sohalar kabi avtomotlashtirilgan audit ham
auditor ishi qulay, oson va tezlashtiradi.
Audit bilan shug’ullanuvchi nazariyotchilar va amaliyot xodimlari o’rtasida
hisob ishlarida EHMlarni qo’llayotgan mijozlarni auditorlik tekshiruvidan
o’tkazish texnikasi borasida tortishuvlar mavjud. Baxs asosan EHMlar qo’llangan
72
hisob tizimini auditorlik tekshiruvlarini tashkil qilish va amalga oshirishda yuzaga
keltirayotgan muammolari va auditorlik tekshiruvi usullari hamda ichki nazorat
tizimiga ta’siri ustida bormoqda .
Bu usulning ustunlik va kamchiliklarini ko’rib chikishga harakat qilamiz.
Bizning fikrimizcha EHMlarni auditorlik tekshiruvida qo’llash auditorga
juda katta foyda keltiradi. Auditor kompyuterlardan foydalangan holda qo’yidagi
afzalliklarga ega bo’ladi:
tekshirish uchun ketadigan vaqt keskin kamayadi;
qayta ishlanib olingan ma’lumotlarning ishonchliligi ortadi;
malumotlarni qayta ishlash natijasida olingan xujjatlarning sifati
yuqori bo’ladi;
auditorni ma’lumotlar bilan ishlashi qulaylashadi.
Buning natijasida auditorlik tekshiruvida katnashayotgan mutaxassislarning
e’tiborini yana ham muhimrok bo’lgan ishlarga-moliyaviy hisobotni to’liqroq tahlil
kilish korxonadagi hisob va ichki nazorat tizimi to’g’risida raxbariyatga batafsilroq
malumot berish uchun sharoit yaratiladi. EHMlardan foydalangan holda olinadigan
malumotlar o’zining tezkorligi, to’liqligi va ko’p variantliligi bilan ajralib turgani
uchun auditorga u yoki bu iqtisodiy xodisa to’g’risida aniqroq fikr bildirish va uni
baxolash imkonini beradi. Shuning uchun ham auditor o’z faoliyatida
kompyuterlarning o’rnini to’g’ri belgilay olishi va uni mukammal o’rganishga
harakat qilishi lozim. Bugungi kungacha yaratilgan va O’zbekiston amaliyotida
tadbiq etilgan auditorlik dasturlari orasida eng mukammal va takomillashgan
dastur – “Audit XP audit kompleksi” dir.
Bu dasturni Goldberg-Soft kompaniyasi auditorlik faoliyatini sifatli
avtomatlashtirish uchun ixtiro qildi. Bu programma o’zining qulayligi va ko’p
funktsiyaligi bilan boshqa programmalardan ajralib turadi. Bundan tashqari,
auditni har bir bosqichini o’tkazishda kerakli ma’lumotlarni kiritib, uni qayta
ishlash uchun avtomatlashtirilgan majmuani taqdim etadi, auditni o’tkazish va
rasmiylashtirishning eng original usulini taklif etadi.
73
Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimidan
foydalanish yoki xisob ishlarining u yoki bu yunalishlarida kompyuter texnikasini
qo’llash auditorlik tekshiruvi jarayoniga ham o’z ta’sirini o’tkazar ekan. Chunki
kuchli avtomatlashtirilgan hisob tizimiga ega bulgan va EHMlarni juda yaxshi
bilgan buxgalterning ishini tekshirish uchun auditor ham bu soxani mukammal
bilishi lozim. Aks holda auditorlik tekshiruvining sifati past buladi .
Yuqoridagi ma’lumotlarga asaslanib, biz ishonch bilan aytamizki, auditor
kompyuterlardan foydalangan holda tekshirish uchun ketadigan vaqtni keskin
kamaytira oladi, qayta ishlanib olingan ma’lumotlarning ishonchliligiga shubxa
bo’lmaydi, malumotlarni qayta ishlash natijasida olingan xujjatlarning sifati
yuqori bo’ladi, ma’lumotlar bilan ishlashi qulaylashadi. Har bir ishning ijobiy
tomoni bo’lganidek, salbiy tomonlari ham mavjud.
"Malumotlarni elektron qayta ishlashni hisob tizimi va ichki nazoratni
baholashga ta’siri" deb nomlangan xalkaro audit andozasida ma’lumotlarni
elektron usulda qayta ishlash quyidagi salbiy holatlarga olib kelishi mumkin
deyilgan:
malumotlarni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi xodimlar
malumotlarning manbai va ularni olish, taqsimlash va ishlatish o’rtasidagi
bog’lanish to’g’risida chuqur bilimga ega bo’ladilar. Shuningdek ular ichki
nazoratning mumkin bulgan kamchiliklarini yaxshi biladilar va shuning uchun
ish jarayonida ular dasturni yoki ma’lumotlarni o’zgartirish imkoniyatiga egadirlar;
ma’lumotlarning asosiy fayli odatda markaziy kompyuterda yoki
kompaniya hududida joylashgan bir necha mashinada mujassamlangan buladi. Bu
ma’lumotlarga kirish va ularni o’zgartirish imkonni beruvchi kompyuter dasturlari
shu malumotlar bilan birga saklanadi. Shuning uchun tegishli nazorat bulmagan
xolatda
begona
shaxslarni
ma’lumotlar bilan tanishish dasturga va
ma’lumotlarning o’ziga o’zgartirishlar kiritish imkoni mavjud;
ma’lumotlar kompyuterga tasdiqlovchi xujjatlarsiz kiritilishi mumkin;
74
ayrim ma’lumotlar fakatgina kompyuter fayllarida saqlanishi va
kompyuter bu ma’lumotlarni tulig’icha qog’ozga chiqarib bermasligi yoki
faqatgina natijalarni chiqarib berishi mumkin;
zamonaviy asbob uskunalar anchagina uzoq masofada turib ham
kompyuter dasturlariga va ma’lumotlar manbaiga kirish va uni ishdan chiqarish
kobiliyatiga ega. Shuning uchun tegishli nazorat tashkil kilinmagan xolatda
axborotlarga kirish, ularni, hamda dasturlarni begona shaxslar tomonidan
uzgartirish uchun yaxshigina sharoit mavjud;
kompyuter dasturi notug’ri tuzilgan va tegishli nazoratdan o’tmay turib
ishlab chiqarishga joriy qilingan bo’lsa, bu holat muomalalarni noto’g’ri
rasmiylashtirilishi va noto’g’ri ma’lumotlarni olinishiga sabab bo’ladi.
katta hajmdagi ma’lumotlar va ularni olish imkonini beruvchi kompyuter
dasturlari magnit disklari va magnit tasmalarida saqlanishi mumkin. Nazorat
yaxshi yo’lga qo’yilmagan holatda ular ug’irlanishi, yo’qotib qo’yilishi yoki yo’q
qilib yuborilishi mumkin.
Goldberg-Soft kompaniyasi auditorlik faoliyatini avtomatlashtirish borasida
yaratgan yangi auditorlik Audit XP nomli programmasi yuqorida ko’rsatilgan
kamchiliklardan holi.
Ishlab chiqarish xarajatlari auditini dastur orqali amalga oshirishda
dasturning ikkinchi bosqichidagi moliyaviy hisobotlar qismidagi hisobot
shakllariga ma’lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Dasturdagi berilgan
bosqichlar bir biri bilan uzviy bog’liqligi tufayli ma’lumotlar qolgan bosqichlarga
ham bog’lanib ketadi.
“Auditorlik dalillarini to’plash” deb nomlanuvchi dasturining uchunchi
bosqichida balans moddalarining bo’limlar bo’yicha tekshirish arayoni amalga
oshiriladi. Shunisi e’tiborga loyikki xar bitta arayon audit arayonini to’liq
ifodalovchi xu atlashtirish tizimi yo’lga qo’ylgan. Har bitta xujjatga Indeks
raqamlari berilagn bo’lib xu atlashtirish bo’yicha muammoli vaziyat yuzaga
kelganda mazkur xujjatlar indeks raqamlari orqali topilib hal qilinishi mumkin.
|