o’zgarishlar mavjudligini aniqlaydi va uning sababini o’rganadi, unda aniqlangan
g’ayrioddiy o’zgarishlarni o’z hisobotida aks ettiradi. Masalan, yuqorida keltirilgan
ma’lumotlardagi noto’g’ri olib borilgan ijtimoiy sug’urta va badallarning
summalari jadvaldagi o’zgarishlarga o’z ta’sirini o’tkazgan bo’lishi mumkin, ya’ni
49
salmoqqa nisbatan kamayish ko’rilsada, son jihatidan 1925m.s ga oshgan. Shu
bilan birga moddiy xarajatlarda ham keskin oshish kuzatilgan, bunga sabab qilib
mahsulot ishlab chiqarish hajmi yoki material xarajatlarda narxlar oshishi
kuzatilgan bo’lishi mumkin. Umumiy ta’sir jami xarajatlarning 163544 m.s. ga
oshishiga olib kelgan.
Analitik hisob registrlari ma’lumotlarini Bosh daftar bilan taqqoslash mijoz
tomonidan vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan nazorat tadbiri bo’lib hisoblanadi.
Qoidaga kura, auditorlar qilingan taqqoslashlarni, aniqlangan g’ayrioddiy xarajat
summalarini tahlil qiladi, jami xarajatlar summalarini qayta jamlab chiqadi.
Shu orqali mahsulot tannarxini ifodalovchi ko’rsatkichlardan eng muhimi
hisoblangan, bir so’mlik mahsulot uchun qilingan xarajatni aniqlash va unda
aniqlangan kamchiliklarni o’z hisobotidan aks ettiradi. Bu ko’rsatkich orqali
qilingan xarajatlarning samaradorligini aniqlash mumkin. Mahsulot tannarxi auditi
natijalarini umumlashtirishda bir so’mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlar
dinamikasi, biznes rejaga nisbatan o’zgarishi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: