Kafedrasi abduraxmanov ixtiyor baxtiyorovich


-jadval  TEH-KOMPUTER PLUS korxonasida bir so’mlik mahsulot uchun



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#42403
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
korxona ishlab chiqarish xarajatlari auditini tashkil etish va takomillashtirish masalalari

6-jadval 

TEH-KOMPUTER PLUS korxonasida bir so’mlik mahsulot uchun 

qilingan xarajatlar tahlili

13

 

Ko’rsatkichlar 

O’tgan yili 

Hisobot yili 

O’zgarishi 

Biznes 

rejada 

Haqiqatda 

Biznes rejaga 

nisbatan 

Haqiqatga 

nisbatan 











1.  Mahsultlarning  ishlab 

chiqarish  tannarxi,  ming 

so’mda 


532100 

623453 


695644 

72191 


163544 

 

2.Mahsulotning 



solishtirma  ulgurji  bahosi, 

ming so’mda 

653251 

779315 


800269 

20981 


147018 

 

3.  Bir  so’mlik  mahsulot 



uchun  qilingan  xarajatlar, 

tiyin hisobida 

81,45 

80,00 


86,93 

6,93 


5,48 

 

Yuqoridagi  masaladan  ko’rinib turibdiki, «NAZORAT  AUDITI»  auditorlik 



tashkiloti  auditori  haqiqatda  bir  so’mlik  mahsulotga  to’g’ri  keladigan  xarajatlar 

oshganligini  aniqladi  va  auditor  buning  sababini  aniqlab  o’z  hisobotida  aks 

ettirgan.    Mahsulotni  mo’l allangandan  yuqoriroq  narxda  sotish  imkoniyati 

bo’lgan, lekin mahsulot tannarxidagi kata o’zgarish qimmatroq sotishdan ko’rilishi 

                                                 

13

 Jadval TEH-KOMPUTER PLUS korxonasi ma`lumotlari asosida tayyorlangan 




50 

 

mumkin  bo’lgan  foydani  yo’q  qilib  tannarxni  oshirib  yuborgan  va  buning 



natijasida 1 so’mlik mahsulotga to’g’ri keladigan xarajatlar biznes rejaga nisbatan 

+6,93  tiyinga,  o’tgan  yilga  nisbatan  esa  +5,48  tiyinga  oshgan.  Bu  esa  albatta, 

korxona foydasini kamaytirib yuborgan.  

Auditning  maqsad  va  vazifalaridan  kelib  chiqib,  umumlashtirilgan  va 

baxolangan  tekshiruv  natijalarini  kamida  ikkita  xujjat  bilan  rasmiylashtirish 

maksadga muvofikdir:  

1.  Audit  haqidagi  shartnomada  ko’zda  tutilgan  davr  ichidagi  korxonaning 

ishlab  chiqarilagan  mahsulotlar  tannarxini  auditorlik  tekshiruvidan  o’tkazish 

to’g’risida xisobot; 

2.    Moliyaviy  hisobotda  to’g’ri  aks  etishi  bo’yicha  auditorlik  hisobotiga 

tekshirish natijasi bo’yicha ma’lumot kiritish. 

Mahsulot  tannarxining  auditorlik  hisoboti  shu  tekshiruvni  o’tkazgan 

auditor(lar)  tomonidan  boshqa  auditorlik  tekshiruvlari  kabi  betma-bet  imzolanishi 

lozim. 


Auditorlik 

hisoboti 

auditorlik 

tekshiruvining 

buyurtmachisiga, 

buyurtmachining barcha zarur rekvizitlari ko’rsatilgan holda  o’natiladi.  

Auditorlik  hisobotining  kirish  qismida  auditorlik  tashkilotining  rekvizitlari, 

shu  jumladan  auditorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  berilgan  litsenziyaning 

raqami va sanasi, auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar 

haqida ma’lumotlar, hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun asos va xo’ alik 

yurituvchi sub’ekt faoliyatining umumiy tavsifi ko’rsatiladi. 

Auditorlik  hisobotining  tahliliy  qismi  auditorlik  faoliyati  milliy  standartiga 

tayanadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

-    xo’ alik  yurituvchi  sub’ektda  ichki  nazoratning  ahvolini  tekshirish 

natijalari (batafsil bayoni); 

-  xarajatlarni  bo’limlar  o’rtasida  to’g’ri  taqsimlanishini  amalga  oshirish 

chog’ida qonunchilikka  rioya qilinishini tekshirish natijalari; 

- xom ashyo va tayyor mahsulotlarning saklanishini tekshirish natijalari. 

Mahsulot  tannarxining  to’g’ri  hisoblanganligi  bo’yicha  tuzilgan  auditorlik 

xisobotining  yakuniy  qismida  aniqlangan  xato-kamchiliklar  va  qoidabuzarliklarni 




51 

 

bartaraf  qilish    bo’yicha  auditorlik  tashkilotining  tavsiyalari,  hamda  mahsulot 



tannarxini kamaytirish bo’yicha maslahatlar va takliflari aks ettiriladi. 

Auditorlik  tekshiruvining  natijalari  asosida  tuzilgan  hisobotda  korxona 

moliya-xo’ alik faoliyati va uning natijalarining umumiy ahvoli, shuningdek, tahlil 

ishlarining  darajasi  hamda  korxonadagi  hisob-tahlil  xodimlarining  tavsifi  aks 

ettiriladi.  Auditor  keltirilgan  kamchiliklar  bo’yicha  ularni  bartaraf  qilishga 

qaratilgan  o’z  takliflarini  ham  ko’rsatib  o’tishi  lozim.  Lekin  tekshirilayotgin 

korxona  xodimlariga  «yaxshilik»  qilish  maqsadida  auditor  shaxsan  o’zi  dastlabki 

hujjatlar,  hisob  registrlari  va  buxgalteriya  hisobotlaridagi  xatolarni  to’g’rilashi 

mutlako mumkin emas.  

Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to’g’risida korxona rahbariyatiga 

bildiradi va ularni tuzatish bo’yicha aniq tavsiyalar beradi. 

Auditorlik  tashkiloti  tomonidan  ishlab  chiqiladigan  auditorlik  xulosasini 

tayyorlash  ishlarida  auditorlik  faoliyatining  milliy    standartlari  (AFMS) 

qoidalarining  talablarini  inobatga  olish  zarur.  Auditorlik  xulosasini  tayyorlashda 

asosan  №  70  -  «Auditorlik  hisoboti  va  moliyaviy  hisobot  to’g’risida  auditorlik 

xulosasi» nomli auditorlik faoliyati milliy standartidan (AFMS) foydalaniladi.  

Audit natijalari korxonadagi mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarning to’g’ri 

taqsimlanishi  natijalarini  xolisona  aks  ettirishi  lozim.  Shu  bilan  birga  auditorlik 

xulosasining  kirish  qismida  tekshiruvdan  o’tkazilgan  asosiy  hujjatlar  ro’yxati  va 

sanasi ko’rsatilgan holda aks ettirilishi lozim.  

Ijobiy  auditorlik  xulosasida  buxgalterlik  balansi  va  moliyaviy  hisobot 

ko’rsatkichlarining  ishonchliligi  auditor  tomonidan  tasdiqlanadi.  Qoidaga  ko’ra 

ijobiy  auditorlik  xulosasi  auditorlik  tashkiloti  xo’ alik  yurituvchi  sub’ektning 

moliyaviy  hisoboti  uning  moliyaviy  holati  va  sodir  etilgan  moliya-xujalik 

muomalalarining  O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligi  talablariga  muvofiqligini 

ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim.   

Auditorga  barcha  zarur  ma’lumotlar  o’z  vaqtida  taqdim  etilmagan  yoki 

buzib  ko’rsatilgan  holda  taqdim  etilganligini  u  bilmagan  bo’lsa,  bunga  auditor 

javobgar  hisoblanmaydi.  Bu  hollarda  barcha  javobgarlik  zarur  ma’lumotlarni 



52 

 

auditorga  taqdim  etishi  lozim  bo’lgan,  tekshirilayotgan  korxona  ma’muriyati  va 



uning  ma’sul  xodimlariga  yuklatiladi.  Shu  boisdan,  korxona  rahbari  va  moliya-

hisob  xizmati  xodimlari  oldindan,  auditorlik  xulosasini  oxirgi  tahrirda  tuzgunga 

qadar  tanishib  chiqishlari,  agarda  ularda  ayrim  holatlarga  nisbatan  norozilik, 

mulohaza  yoki  qandaydir  takliflari  bo’lsa,  ushbu  bildirilgan  fikrlar  diqqat  bilan 

eshitilib,  korxona  xodimlari  ishtirokida  muhokama  qilinishi  va  asoslangan  holda 

chiqarib  tashlanishi  yoki  e’tiborga  olinib,  xulosaning  oxirgi  tahririda  inobatga 

olinishi  lozim.  Shuningdek,  agar  tekshiruvda  hech  qanday  kriminalga  oid  holat 

aniqlanmagan  bo’lsada,  xulosalarni  ochiqdan-ochiq  yoki  niqoblangan  ishoralar 

bilan  shakllantirish  mumkin  emas.  Auditorlik  xulosasida  hech  qanday  taxminlar, 

gumonlar,  mish-mishlar  va  boshqa  tasdiqlanmagan  manbalardan  olingan 

ma’lumotlarni keltirish mumkin emas. Shuningdek, xulosada judayam ehtiroslarga 

berilgan so’zlar, keltirilgan faktlar bo’yicha sharhlar, bo’lmasligi kerak. 

Auditorlik  tekshiruvi  yakunlanganidan  so’ng  barcha  materiallar  (ishchi  va 

analitik  jadvallar,  hisob-kitoblar,  auditorlik  tekshiruvi  va  xulosalar  hamda 

ekspertiza  dalolatnomalarining  birlamchi  nushalari,  hisob  xodimlari,  moddiy 

javobgar  shaxslar  va  boshqalarning  tushuntirish  xatlari)  har  bir  tekshirilgan 

korxona uchun maxsus ochilgan papkalarda saqlanishi lozim.  

Navbatdagi  tekshiruvdan  oldin  ushbu  materiallar  tekshiruv  eng  boshidan 

aniq  maqsadga  yo’naltirilgan  va  samarali  bo’lishi,  buning  ustiga  uni  mazkur 

korxonani  tekshirishda  oldin  ishtirok  etmagan,  yangi  xodimlar  o’tkazsa,  ularga 

yaqindan yordam berishi mumkin.  

Bulardan  tashqari,  oydinlashtirilishi  lozim  bo’lgan  ayrim  savollar  yoki 

tekshirilayotgan  korxona  tomonidan  da’volar    paydo  bo’lishi  mumkin.  Bunday 

hollarda  haqiqatni  qaror toptirish uchun  auditorlik hisoboti va xulosasidagi  ishchi 

materiallarga murojaat qilinadi. 


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin