2.3. Tekshiruv jarayonida olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish
xarajatlari auditi natijalarini umumlashtirish
Ishlab chiqarish xarajatlari auditi bo’yicha auditorlik hisobotini va xulosasini
shakllantirish ishlab chiqarish xarajatlari auditi rejasi va dasturining barcha
bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va
baholash jarayonida vujudga keladi.
Audit natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish xarajatlari auditi bo’yicha ishchi hujjatlarni sharhlash va
yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash;
46
-
ishlab
chiqarish
xarajatlari
tekshirish
jarayonida
aniqlangan
kamchiliklarning ahamiyatlilik darajasini baholash;
- ishlab chiqarish xarajatlari tekshirish bo’yicha auditorlik dalil - isbotlarning
etarliligini baholash;
- amal qilayotgan korxona printsipi bilan bog’lik omillarni baholash;
- tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz korxona rahbariyatiga
taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish;
- auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.
Ishlab chiqarish xarajatlari auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida boshqa
bo’limlar tekshiruvi kabi asosan tekshirilayotgan xo’ alik yurituvchi sub’ektning
dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan haqiqiy
axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina auditorlar taxmin
va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni baholaydi.
Ta’kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xo’ alik yurituvchi sub’ekt
mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma’lum darajada
professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.
Auditor quyidagi hollardagi kabi, katta nomuvofiqliklar mavjudligini
ko’rsatuvchi holatlarni ob’ektiv baholashi zarur:
- xarajatlarni taqsimlash, tannarxni aniqlash vash u kabilar yuzasidan
xo’ alik yurituvchi sub’ekt xodimlariga ma’lum bo’lgan, ammo auditor tomonidan
ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari;
- tekshiruv uchun zarur bo’lgan, auditorga o’z vaqtida taqdim qilinmagan
xarajatlar bilan bog’liq dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo’ alik
muomalalari;
- mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;
- inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash
vedomostlari bilan rasmiylashtirilgan, lekin etarli darajada tahlil qilinmagan va
tuzatilmagan katta tafovutlar;
- katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan
javoblar olinmaganligi;
47
- tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli ruxsat
etuvchi ko’rsatmalar taqdim qilinmagan xo’ alik muomalalari.
Auditor mahsulot tannarxi bo’yicha to’plangan dalil - isbotlar etarliligini
baholashda ushbu holatlar aniqlangan bosqichni (rejalashtirish, audit o’tkazish)
hisobga olishi kerak. Shuningdek, katta xatolar xatarini dastlabki baholash va
batafsil tekshirish rejalari ham e’tiborga olinishi lozim.
Agar bunday holatlar rejalashtirish bosqichida aniqlangan va hisobga
olingan bo’lsa, unda auditor to’plangan dalil-isbotlarning etarliligiga va
rejalashtirilgan hamda qo’shimcha auditorlik amallarini bajarishning maqsadga
muvofiqligiga baho berishi zarur.
Auditorlik tekshiruvining asosiy bosqichlarini o’tkazish natijalari audit
o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishilganlik darajasini baholagan holda
auditorning ishchi hujjatlarida qaid qilinishi lozim.
Yozma shaklda olingan dalil-isbotlarni eng ishonchli deb tan olish qabul
qilingan. Yozma tasdiqlarning ishonchliligi ularning to’g’ri rasmiylashtirilishiga
bog’liq. Tasdiqlar ishonchliligining tahlilidan kelib chiqib, tasdiqlangan va
tasdiqlanmagan summalarning katta-kichikligi, shuningdek majburiyatlarning
ishonchliligi to’g’risida auditor fikrini shakllantirish uchun olingan dalil-isbotlar
etarliligi baholanadi;
Ishlab chiqarish xarajatlari analitik hisobi ma’lumotlarining tengligini
tekshirish. Dastlabki hujjatlarni tekshirib chiqish yoki bo’limlar bo’yicha
xarajatlarning amalga oshirilgani tasdig’ini olish munosabati bilan auditorlar
xarajatlarni hisobga oladigan analitik hisob registrlarini tekshirib chiqishi, hamda
ularni Bosh daftar ma’lumotlari bilan taqqoslashi lozim. Xarajatlar muomalalari
hisobga olinadigan schyotlarni tahlil qilishda quyidagilar aniqlanishi mumkin:
- tugallanmagan ishlab chiqarish schyotlari buyicha debet koldiklar;
- xarajatlarning mahsulot tannarxiga olib borilishi bo’yicha haddan tashqari
katta tuzatishlar;
48
- yaroqsiz mahsulotlar qiymatini ishlab chiqarilagan mahsulotlar tannarxiga
o’tkazish bo’yicha hujjatlar;
- yordamchi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarning ishlab chiqarilgan
mahsulotlar tannarxiga olib borish bo’yicha me’yorlar;
- bilvosita xarajatlarning mahsulot tannarxiga to’g’ri taqsimlanishi bo’yicha
me’yorlar.
Barcha belgi qo’yilgan summalar yakuniy ishchi hujjatlarini tayyorlashda
tahlil qilinishi va hisobga olinishi lozim. Ushbu ishlarning natijalarini boshqa
olingan dalil-isbotlar bilan taqqoslash maqsadga muvofiq.
Shuningdek, auditor xarajatlar tarkibidagi dinamik o’zgarishlarn ham
aniqlab ular bo’yicha aniqlangan kamchiliklarni o’z hisobotida aks ettirishi lozim.
Masalan:
Dostları ilə paylaş: |