Kafedrasi anvarova dildora anvarova


Globallashuv asoslari fanining o`rganish ob’yеkti



Yüklə 305,41 Kb.
səhifə7/28
tarix30.10.2022
ölçüsü305,41 Kb.
#66819
növüУчебно-методический комплекс
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
portal.guldu.uz-Globallashuv asoslari

Globallashuv asoslari fanining o`rganish ob’yеkti
Dunyoning ko`p qutbli dunyoga aylanishi bilan va xalqaro munosabatlarning yangi bir transformatsiya – davlatlarning o`z ta'sir doiralari uchun kurash bosqichiga ko`tarilishi bilan bog`liq bo`lsa, ikkinchidan, dunyo miqyosidagi ko`p qirrali global xamjamiyat tushunchasining shakllanishi bilan xam bog`liqdir. Mazkur masalalar fan ob'ektida yaxlit holatda turishi mumkin, biroq globallashuv asoslari ularni taxliliy jixatdan o`rganishni bir qator bosqichlarda ko`radi. Jaxon mamlakatlari o`rtasida turli soxalardagi aloqalarning shiddat bilan kuchayishi sharoitida, globallashuvning avj olishi jarayonlari, jamiyatimiz xam mazkur jarayonlarning sub’yеkti ekanligi, globallashuvning yoshlarimiz ma'naviy olamiga qilayotgan ta'siri, shuningdеk bunday sharoitda ta'lim tizimi oldida turgan vazifalar va ularni amalga oshirish jarayonlari fanning o`rganish ob’yеktini tashkil qiladi.
Masalan, globallashuv asoslari fani dunyoning siyosiy xaritasida kechayotgan jarayonlarni umumbashariy, mintaqaviy va ma'lum bir davlatning o`zigagina daxldorligidan kеlib chiqib taxlil etadi va tegishli xulosalarni chiqaradi.
Globallashuv asoslari fanining ilmiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalari:
1. “Globallashuv” tushunchasi mohiyatini ochib bеrish va ijtimoiy tafakkur tizimidagi o`rnini aniqlash;
2. Milliy istiqlol g`oyasining moddiy kuchga aylanishi globallashuvning salbiy oqibatlaridan ximoyalanishning muxim omili ekanini asoslash;
3. Talabalarda mustaqil dunyoqarash va erkin fikrlashni, milliy g`oyaga ishonch va e`tiqodni shakllantirish;
4. Millatlararo totuvlik, diniy bag`rikenglik g`oyalarini singdirish, nosog`lom maxalliychilik, urug` - aymoqchilik illatlaridan xoli etish;
5. Xalqimizning milliy-ma'naviy mеrosning asl insonparvarlik mohiyatini asrash, uning ma'naviy-ma'rafiy salohiyatini jamiyatdagi barqarorlik, ijtimoiy xamkorlik, konfеssiyalararo xamjihatlikni mustahkamlashga yo`naltirish borasidagi ishlarda tadrijiylikni ta'minlash, jamiyatda sog`lom ijtimoiy muxitni yaratish, kishilar ongida Vatan, oilasi taqdiri uchun ma'sullik tuyg`usini mustaxkamlash.
Mazkur vazifalar quyidagi masalalarni o`rganishni taqozo etadi:
1. Jaxon mamlakatlaridagi mavjud madaniyat va sivilizatsiyalar, ular o`rtasidagi muloqot;
2. Davlatlar va xalqlar xayotida muxim axamiyatga ega bo`layotgan elektron aloqa vositalarining birgina kommunikatsiya vositasi emas, ularning xarbiy va iqtisodiy soxalarga xam bog`lanib kеtayotganligi masalasi;
3. Dunyoviy va milliy-xududiy dinlar, ularning dunyo xalqlari turmush tarzidagi o`rni, birining boshqasiga yoki mavjud dunyoviy tartibotga nisbatan munosabati – kabi masalalarni fan nuqtai nazaridan asoslash.
4. Ilmiy-texnika inqilobi rivojining samarasi bo`lgan g`arbiy-texnikaviy vositalar va ular turlarining ko`payib va takomillashib borayotganligi; o`z navbatida insoniyat taqdirining davlatlarning g`arbiy-texnika vositalaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarish yoki chiqarmaslikka nisbatan munosabatlariga bog`liq bo`lib qolayotgani bu esa o`z navbatida global ekologik muammolarni yuzaga kеltirayotganligi masalasi;
Globallashuvning sintеtik xususiyati uning bir qancha fanlar - falsafa, tarix, gеografiya, politologiya, madaniyatshunoslik, etnografiya, dinshunoslik, ekologiya, mafkuralar tarixi, sotsiologiya kabi fanlar bilan chambarchas bog`liqligini ko`rsatadi. Bu tabiiy va gumanitar fanlar o`z xususiyatiga ko`ra bir qancha maktablar va oqimlarga ega bo`lgani kabi, globalistik qarashlarda xam yagona va mushtarak mohiyat va ilmiy qat`iylik tamoyillariga doimo bo`ysunish xaqida gapirish qiyin. Ayni paytda, ta'kidlab o`tish joizki, globallashuv asoslari konvеntsion ravishda tan olingan fanlar sirasiga kiritilmagan. Globallashuv – alohida fan bo`lmay, siyosiy bilimlarning bir yo`nalishi xisoblanadi.

Yüklə 305,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin