Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


DAVLAT VA JAMIYAT HAYOTINING BARCHA SOHALARINI LIBERALLASHTIRISH, ISLOH QILISH VA MODERNIZATSIYALASHDA DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING ROLI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə11/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

8. DAVLAT VA JAMIYAT HAYOTINING BARCHA SOHALARINI LIBERALLASHTIRISH, ISLOH QILISH VA MODERNIZATSIYALASHDA DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING ROLI

Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhala­rini modernizatsiyalash, demokratlashtirish va erkinlashtirish ja­rayonida milliy tarixiy asosning ildizlariga tayangan holda, yangi zamona­viy g’oyalar, yangicha yondashuvlar shakllanmoqda. Bu hol davlat va huquq nazariyasining qator masalalariga yangicha nazar tashlash fur­sati kelganligini ko’rsatadi. Ayniqsa, mamlakatimizda olib bori­layotgan demokratik huquqiy islohotlar, o’zgarishlar, yangicha yonda­shuvlar davlat va huquq tushunchalari, mohiyati, vazifasini bir qadar boshqacha talqin qilishni taqozo etmoqda. Bu borada, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov xaqli ravishda ta’kidlab o’tganidek, “Biz yaqin o’tmishimizda sinfiy hukmronlikning quroli sifatida davlat haqidagi markscha g’oyalarni shior qilib olib, bu nazariyani dogma, davlat va huquqni esa sinfiy kurash, sinfiy raqiblarni engish vositasiga aylantirgan edik. Demokratiya sharoitlarida esa davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo’rlik va bostirish yo’li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai mudora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi”3.


Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda davlatchilikning huquqiy asoslarini rivojlanib borishi, huquqiy madaniyat, fuqarolarning huquq va erkinliklari, huquqiy ta’lim, shu jumladan yuridik ta’lim ham rivoj topib borishi bilan davlat va huquq nazariyasining hamda boshqa yuridik fanlarning ijtimoiy fanlar tizimidagi ahamiyati ham ortib boradi. Bu – ijtimoiy taraqqiyotning muhim talabidir.
2-mavzu. DAVLAT VA HUQUQNING KELIB CHIQISHI


Mavzuning asosiy yo’nalishlari:

  1. Jamiyat tushunchasi.

  2. Jamiyat mavjud bo’lishi shakllarining xilma-xilligi.

  3. Jamiyat rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.

  4. Davlatgacha bo’lgan jamiyatlarda: ijtimoiy normalar va ijtimoiy hokimiyat.

  5. Davlat – jamiyat mavjud bo’lishining bir shakli sifatida.

  6. Davlat va huquqni vujudga kelishi to’g’risidagi diniy, patriarxal, irrigatsion, zo’ravonlik, ijtimoiy – shartnoma, psixologik, tarixiy-materialistik va boshqa nazariyalar.

  7. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida jamiyat, davlat va huquq masalalari.

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida o’zbek davlatchiligi to’g’risidagi g’oyalar.




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin