Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə16/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Patriarxal nazariya. Mazkur nazariyaning asoschilari bo’lib, Aristotel va Konfutsiylar hisoblanadi. Lekin u XVII – XVIII asrlarda Filmer, Genri Men, Mixaylovskiy kabi olimlarning asarlari orqali keng tarqaldi. Ushbu nazariya namoyondalarining fikricha, davlat oilaning rivojlanishi asosida vujudga kelgan. Ibtidoiy oilaga ota boshchilik qilib, keyinchalik davlat vujudga keladi va ota hokimiyati merosiy bo’ladi.
Shartnoma nazariyasi. Mazkur nazariya XVII-XVIII asrlardan boshlab keng tarqalgan bo’lsada, u dastlab Hindiston va qadimgi Xitoy mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan. Ushbu nazariya vakillarining (J.Lokk, T.Gobbs, B.Spinoza, A.Radishchev, J.Russo, G.Grotsiy) fikricha, davlat hokimiyati kishilarning o’zaro birlashib ixtiyoriy shartlashganliklarining ifodasidir. Bunda davlat va jamiyat o’rtasida o’zaro huquq va majburiyatlar tizimi vujudga kelib, o’z navbatida ularda shartnoma majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun javobgarlik tug’iladi.
Materialistik (marksistik) nazariya. Ushbu nazariya vakillarining (K.Marks, F.Engels, V.Lenin – XIX-XX asrlar) fikricha, davlat eng avvalo, iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, bir-biriga qarama-qarshi sinflarning yuzaga kelishi natijasida vujudga kelgan. Bunda davlat iqtisodiy va siyosiy jihatdan hukmron bo’lgan tabaqalarning quyi tabaqalarni bostirib turish vositasi sifatida maydonga chiqadi.
Zo’ravonlik nazariyasi. Mazkur nazariya vakillari (E.Dyuring, L.Gumplovich, K.Kautskiy – XIX asr) davlatning vujudga kelishiga harbiy siyosiy omillar, ya’ni bir qabilaning ikkinchi qabilani qullikka tortishi sabab bo’lgan, deb hisoblaydilar. Bunga ko’ra, davlat bosib olingan hududlarni (xalqlarni) boshqarish uchun zo’rlov apparati vazifasini o’tagan.
Psixologik (ruhiy) nazariya. Mazkur nazariya XIX asrlarda yuzaga kelgan bo’lib, uning asosiy g’oyalari G.Tard, L.Petrajitskiy va boshqalarning asarlarida o’z ifodasini topgan. Ularning fikricha, kishilarning ruhiyati jamiyatning, shu jumladan, axloq, huquq, davlatning rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy omildir.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin