Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə17/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Irrigatsion nazariya. Ushbu nazariyaning asosiy namoyondasi nemis olimi K.Vittfogel hisoblanadi. Uning fikricha, davlat Sharq xalqlarida yirik irrigatsion inshootlarini barpo etish zarurati asosida kelib chiqqan. Mesopatamiya, Misr, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlarda yirik irrigatsion qurilish ishlarini tashkil etish uchun kuchli, markazlashgan boshqaruv apparati tashkil etilgan.

7. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida jamiyat, davlat va huquq masalalari

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi olti bo’limdan iborat bo’lib, unda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari (ikkinchi bo’lim), jamiyat va shaxs (uchinchi bo’lim), ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi (to’rtinchi bo’lim), davlat hokimiyatining tashkil etilishi (beshinchi bo’lim) bilan bog’liq qoidalar o’z ifodasini topgan. Ularda jamiyat, davlat va huquqqa oid asosiy konstitutsiyaviy tamoyillar belgilab qo’yilgan.


Konstitutsiyaning har bir normasi mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida shaxs-jamiyat-davlat tizimida o’zaro uyg’unlikka va mutanosiblikka erishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ayniqsa, Asosiy Qonunimizda mamlakatimizda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va burchlari nimalardan iborat ekanligi aniq-ravshan belgi­langan, ularning amalga oshirilishi kafolatlangan. 18-moddada belgilab qo’yilganidek, “O’zbekiston Respublikasida barcha fuqa­rolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, mil­lati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ij­timoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo’yiladi hamda ijti­moiy adolat printsiplariga mos bo’lishi shart”.
Shuningdek, “Fuqarolarning Konstitutsiya va qo­nunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz­dir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo’yishga hech kim haqli emas” (19-modda). Konstitutsiyaning 21-moddasida belgilanishicha, “O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o’rnatiladi. O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asos­larda ega bo’lganligidan qat’i nazar, hamma uchun tengdir”.
Shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy huquqlar va demokratik erkinliklar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar fuqarolik jamiyatida inson shaxsining moddiy, ma’naviy, ijtimoiy-siyosiy jihat­lardan shakllanishi va rivojlanishi, o’zidagi barcha qobiliyat va iste’dodni to’la ro’yobga chiqarishi, Vatanimiz, xalqimiz va milla­timizning fidoyi, jasur kishisi, komil inson bo’lishiga keng im­koniyat ochib beradi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin