Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


DAVLAT FUNKSIYASINING DAVLAT MAQSADI VA VAZIFALARI BILAN O’ZARO NISBATI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə26/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

2. DAVLAT FUNKSIYASINING DAVLAT MAQSADI VA VAZIFALARI BILAN O’ZARO NISBATI

Davlat funktsiyalari haqida gapirganda uning maqsadi va vazifalariga ham alohida to’xtalib o’tish lozim. Chunki, davlat funktsiyalari davlat maqsadi va vazifalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, davlat o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishishi uchun ma’lum bir vazifalarni hal qilishi lozim, bu esa o’z navbatida tegishli funktsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liqdir.


Shuni qayd etish lozimki, “maqsad”, “vazifa”, “funktsiya” tushunchalari bir-biridan ajralmas bo’lib, davlatning maqsad va vazifalariga mos kelish davlat funktsiyasining asosiy belgisini tashkil etadi. Maqsad bu muayyan davlatning taraqqiyotidagi keyingi bosqichda erishmoqchi bo’lgan holati bo’lsa (masalan: fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy demokratik davlat barpo etish), vazifa esa ushbu maqsadga erishish uchun hal etilishi lozim bo’lgan masalalar, funktsiya - vazifalarni echimiga yo’naltirilgan faoliyat yo’nalishidir.
Davlat va jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida ular oldiga ma’lum bir vazifalarning qo’yilishi tegishli funktsiyalarni amalga oshirish zaruratini keltirib chiqaradi, chunki davlatning funktsiyalari amalga oshirilmagan taqdirda uning vazifalari ham amalga oshmay qoladi. Vazifa, bir tomondan, ma’lum xususiyatga ega bo’lmagan biror-bir maqsadga erishish zaruratini, ikkinchi tomondan esa ma’lum faoliyat turini amalga oshirish zaruratini taqazo etadi.

3. DAVLAT FUNKSIYALARINI TURLI ASOSLARGA KO’RA TASNIFLASH

Yuridik adabiyotlarda davlat funktsiyalarini tasniflashda bir xil yondashuv mavjud emas. Davlat funktsiyalarini tasniflashda bir xil yondashuvning mavjud bo’lmasligiga sabab, taraqqiyotining turli bosqichlarida turgan davlatlar mavjud ob’ektiv sharoitdan kelib chiqqan holda o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarning mohiyatiga mos ravishda faoliyat yuritishidir.


Davlat funktsiyalari faoliyat doirasi bo’yicha ichki va tashqi funktsiyalarga bo’linadi.
Ichki funktsiyalar davlatning ichki vazifalarini echishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, davlatning jamiyatga ta’sirining faollik darajasini ko’rsatadi. Tashqi funktsiyalar esa xalqaro-huquqiy munosabatlarning sub’ekti sifatida ishtirok etayotgan davlat, davlatlararo miqyosdagi vazifalarni xal qilish bilan bog’liqdir.
Davlatning asosiy ichki funktsiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • iqtisodiy funktsiya;

  • ijtimoiy funktsiya;

  • siyosiy funktsiya;

  • huquqiy tartibotni ta’minlash funktsiyasi;

  • tinchlik va totuvlikni ta’minlash funktsiyasi;

  • ekologik funktsiya va boshqa funktsiyalar.

Iqtisodiy funktsiya - bu davlat tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish borasida asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish, boshqaruvni amalga oshirish hamda tartibga solib turishdan iboratdir. Bundan tashqari, davlat byudjetini shakllantirish, jamiyatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini aniqlash, turli xil mulk shakllarini tenglik sharoitida amal qilinishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo’llab quvvatlash kabilar ham davlatning iqtisodiy sohadagi funktsiyasi doirasiga kiradi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin