Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə27/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Ijtimoiy funktsiya - bu aholini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish, insonlarga munosib turmush tarzini yaratish, ta’lim sohasini, sog’liqni saqlash va madaniyatni rivojlantirish va b.
Siyosiy funktsiya - bu davlatning (jamiyatning) siyosiy hayotini boshqarish, davlat organlarini shakllantirish hamda ularning faoliyatini tashkil etishdan iborat.
Huquqiy tartibotni muhofaza qilish funktsiyasi- davlatning jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlash, inson va fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabilarga qaratilgan bo’ladi.
Tinchlik va totuvlikni ta’minlash funktsiyasi -bu davlat tomonidan aholining tinch-totuv yashashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, turli millatlarni va ijtimoiy guruhlarni murosai mudorada saqlab turishdan, ularning orasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarning oldini olish hamda bartaraf etishdan iborat.
Davlatning ekologik funktsiyasi - uning jamiyat talab va ehtiyojlarini yanada to’liqroq ta’minlash va jamiyat a’zolarining yashash, mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish vazifalarini hal etish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni tiklash va ko’paytirish borasidagi faoliyatidir. Ichki tuzilishiga ko’ra, davlatning ekologik funktsiyasi o’zaro bog’liq uch yo’nalishda amalga oshiriladi: a) atrof tabiiy muhit ob’ektlarini saqlash; b) tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; v) tabiiy resurslarni tiklash. Davlatning ekologik funktsiyasi jamiyatning iqtisodiy va ekologik manfaatlarini ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiiy resurslarni tiklash, ko’paytirish, fuqarolar uchun qulay tabiiy atrof muhitni yaratish maqsadlariga qaratilgandir.
Davlatning asosiy tashqi funktsiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • boshqa davlatlar va halqaro tashkilotlar bilan hamkorlik funktsiyasi;

  • mudofaa funktsiyasi.

Boshqa davlatlar va halqaro tashkilotlar bilan hamkorlik funktsiyasi – bu davlatning manfaatlarini barcha davlatlarning alohida va umumiy manfaatlari bilan uyg’unlashtiradigan teng huquqli iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarni o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan davlatning xilma-xil faoliyatidir. Jamiyat rivojlanishining zamonaviy darajasi barcha taraqqiy etgan davlatlarning xo’jalik, siyosiy va madaniy turmushini integratsiyalashtirish, har bir davlatning alohida ichki muammolari hamda butun jahon hamjamiyati muammolarini yanada samarali hal qilish uchun ularning umumiy sa’y-harakatlarini birlashtirishni ob’ektiv ravishda taqazo etadi. Bunday hamkorlik integratsiya masalalariga keng va o’zaro foydali yondashuvni, nafaqat muayyan bir mamlakat, balki hamkorlikning boshqa ishtirokchilari manfaatlariga ham javob beradigan ratsional echimlarni umumiy harakatlar bilan topa bilishni nazarda tutadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin