Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə35/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

4. Teokratik monarxiya. Bunday boshqaruv shakli mavjud bo’lgan davlatlarda monarx ham dunyoviy, ham diniy hokimiyatga ega bo’ladi (Vatikan, Saudiya Arabistoni).
Respublika - davlat boshqaruvining shunday shakliki, bunda davlat hokimiyati aholi tomonidan muayyan muddatga saylab qo’yiladigan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqaruvning respublika shakliga xos bo’lgan quyidagi belgilar mavjud:

  • davlat boshlig’i va boshqa oliy hokimiyat organlarining muayyan muddatga saylab qo’yilishi;

  • davlat boshlig’i va boshqa saylab qo’yiladigan organlarning saylovchilar oldida mas’ulligi hamda ularning muayyan muddatga saylanishi va tayinlanishi;

  • davlat boshlig’ining qonunda belgilab qo’yilgan holatlarda yuridik jihatdan javobgarligi;

  • davlat hokimiyatini davlat boshlig’i nomidan emas, balki xalq nomidan amalga oshirilishi;

  • fuqarolar huquq va erkinliklarining davlat tomonidan himoya qilinishi, davlat va shaxs o’rtasida o’zaro mas’ullikning mavjudligi va boshqalar.

Respublikaning quyidagi tarixiy shakllari mavjud bo’lgan: Afina demokratik respublikasi (Afina er. av. V-IV asrlar); Rim aristokratik respublikasi (Rim er. av. V-II asrlar); Sparta aristokratik respublikasi (Sparta er. av.V-IV asrlar); o’rta asr shahar (feodal) respublikalari (Venetsiya, Novgorod, Pskov, Florentsiya, Genuya, Ganza va boshqa erkin shaharlar).
Sotsialistik respublikalar. (Parij kommunasi (1871 yil); Sovetlar respublikasi (1917-1991 yil, sobiq Sovet Ittifoqi); Xalq demokratik respublikalari (XXR, VSR, Kuba). Boshqarishning ushbu shakli bir qator mamlakatlarda sotsialistik inqilob natijasida vujudga kelgan.
Hozirgi kunda respublika shaklining asosan quyidagi turlari ajratib ko’rsatiladi: parlamentar respublika, prezidentlik respublikasi, dualistik (aralash) respublika.
Parlamentar respublika. Hozirgi zamon davlat boshqaruvining bir turi bo’lib, bunday respublikada hukumat parlamentga o’tkazilgan saylovlarda ko’pchilik o’rin olgan partiyalarga tegishli deputatlar orasidan shakllantiriladi (Italiya, Isroil, Islandiya, Germaniya va boshqalar). Bundan tashqari, davlat boshlig’i – prezident odatda, parlament a’zolari yoki maxsus kengash tomonidan saylanadi. Hukumat parlament oldida javobgar bo’lib, uning faoliyat muddati parlamentga bo’lgan saylovlargacha amalda bo’ladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin