Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Federativ davlatning umumiy belgilari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə37/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Federativ davlatning umumiy belgilari:

  • federatsiya hududi uning alohida sub’ektlaridan – shtatlar, kantonlar, respublikalar, o’lkalar va boshqa hududlardan iborat bo’ladi;

  • federatsiya va uning sub’ektlari vakolatlari doirasi ittifoq shartnomasida, konstitutsiyasida, o’zaro vakolatlarni chegaralash to’g’risidagi ikki tomonlama shartnomalarda belgilab qo’yilgan bo’ladi;

  • federatsiya sub’ektlari o’zlarining konstitutsiyalari va qonunchilik tizimiga, oliy qonunchilik, ijro, sud hokimiyatlari tizimiga ega bo’ladi;

  • federativ davlatda ittifoq fuqaroligi bilan bir qatorda sub’ektlarning ham fuqaroligi bo’lishi mumkin;

  • federativ davlat parlamenti asosan ikki palatali bo’lib, yuqori palata asosan federatsiya sub’ektlarining manfaatlarini himoya qiladi;

  • tashqi siyosat, qurolli kuchlarga yagona qo’mondonlik, mudofaa, moliya, soliq tizimlariga rahbarlikni asosan federal davlat organlari amalga oshiradi.

Konfederatsiya bu siyosiy, harbiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda muayyan maqsadlarga erishish uchun tashkil qilinadigan davlatlarning muvaqqat ittifoqi.
Konfederatsiyaning belgilari:

  • konfederatsiya suverenitetga ega bo’lmaydi, chunki ushbu tuzilma to’la ichki va tashqi suverenitetga ega bo’lgan mustaqil davlatlarning ittifoqidir;

  • konfederatsiyada markaziy davlat apparati va yagona qonunchilik tizimi mavjud bo’lmaydi;

  • konfederatsiya doirasida u yoki bu muammolarni hal qilish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida ittifoq organlari tashkil etilishi mumkin;

  • konfederatsiyaga birlashgan davlatlarning o’z fuqaroligi saqlanib qolinadi, lekin bu davlatlarning fuqarolari konfederatsiya hududida erkin harakatlanish (viza va boshqa rasmiyatchiliklarsiz) huquqiga ega bo’ladilar;

  • konfederatsiyada yagona soliq tizimi, byudjet va armiya mavjud bo’lmaydi, lekin konfederatsiya sub’ektlari muayyan muddatga yagona pul tizimi, bojxona qoidalari, davlatlararo kredit siyosati, konfederatsiya maqsadlari uchun byudjet tizimini tashkil qilishlari mumkin;

  • konfederativ davlatlar uzoq muddatga saqlanib qolmaydi, bunda ular keyinchalik federatsiyaga aylanishi yoki umuman tarqalib ketishi mumkin.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin