jamiyatni g’oyaviylashtirish va siyosiylashtirish darajasi.
3. DAVLATNING BOSHQARUV SHAKLI
Davlat boshqaruv shakli - bu davlat hokimiyatining oliy organlarini tashkil etish hamda ushbu organlarning o’zaro va aholi bilan bo’lgan munosabatlarini belgilovchi davlat shaklining elementidir.
Davlat boshqaruv shakliga ko’ra ikkiga bo’linadi: monarxiya va respublika. Monarxiya (lotincha: monos-yakka, arxe-hokimiyat ma’nosini anglatadi) - bunda oliy davlat hokimiyati yakka shaxs tomonidan amalga oshiriladi va odatda hokimiyat unga meros orqali o’tadi.
Monarxiyaning belgilari:
hokimiyat meros orqali o’tadi;
o’z hokimiyatidan umrbod foydalanadigan davlat boshlig’ining (podsho, qirol, imperator, shoh, xon, knyaz, gertsog va boshqalar) mavjudligi;
ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishda bevosita o’z nomidan ish ko’rishi va boshqalar.
Monarxiyaboshqaruvining ko’rinishlari: mutloq (absolyut), cheklangan, dualistik (aralash), teokratik. 1.Mutloq (absolyut) monarxiya. Bunda, davlat suverenitetining birdan-bir egasi monarx bo’lib, u o’z qo’lida butun hokimiyatni (qonunchilik, ijroiy va sud) to’plagan bo’ladi va uning hokimiyati aholi yoki birorta organ tomonidan cheklanmagan bo’ladi (bugungi kunda Baxrayn, Bruney, Qatar va boshqalarda mavjud).