Ikkinchidan, davlat mexanizmi an’anaviy tarzda faqat davlat hokimiyatining apparati sifatida tushuniladi;
Uchinchidan, davlat mexanizmi – davlat apparati, tashkilotlari va muassasalari hamda davlat korxonalari tizimidan iborat bo’lib, ular vositasida davlat hokimiyati amalga oshiriladi va jamiyat ustidan davlatning rahbarligi ta’minlanadi.
Har qanday xolatda ham, davlat mexanizmi barcha tarkibiy qismlarining faoliyati uning o’z oldiga qo’ygan maqsad, vazifalari va funktsiyalarini amalga oshirishga qaratilgandir.
Davlat mexanizmi turli tuzilmalardan iborat bo’lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
o’zaro bog’liq va ierarxik jihatdan bir-biriga bo’ysunuvchi davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari hamda davlat korxonalari tizimidan iborat;
jamiyatni professional asosda boshqaruvchi shaxslar guruhining mavjudligi;
davlatning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini hamda funktsiyalarini amalga oshirish uchun tashkiliy, moliyaviy va boshqa vositalar bilan ta’minlanganligi;
har bir davlat organi, tashkiloti va muassasa hamda davlat korxonalari vakolatlari va faoliyat doirasining muayyan huquqiy asoslarga ega ekanligi va boshqalar.
2. DAVLAT MEXANIZMIDA HOKIMIYATLAR BO’LINISHI PRINTSIPI
Hokimiyatlar bo’linishi printsipi - bu davlat hokimiyatini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga taqsimlanishidir.
Davlat hokimiyati vakolatlarining taqsimlanishi (mohiyati)- bu uchala hokimiyatning muvozanatini, tengligini hamda ularning o’zaro bir-birini tiyib turishini va qarama-qarshi ta’sir etishini ta’minlovchi tizimdir. Ayni paytda ushbu organlar vakolatlari shundayki, ular bir-biridan xoli harakat qila olmaydi va davlat hokimiyati uch mustaqil tarmoq kooperatsiyasi jarayonida amalga oshiriladi.